Xitoyning Sidian universiteti (Xidian University) o‘zbekistonliklarga IT-ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha grant ajratadi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Xitoy universiteti bilan anglashuv memorandumini imzoladi.
Kelishuvga ko‘ra, o‘zbekistonlik talabalarga umumiy qiymati $1,1 mlnlik grantlar to‘liq va qisman o‘qish xarajatlarini qoplash uchun taqdim etiladi.
Sidian universiteti 1931-yilda tashkil etilgan. Oliygohda kompyuter va telekommunikatsiya injiniringi, sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili (data science), kiberxavfsizlik kabi yo‘nalishlar mavjud.
Universitet reytingi mamlakat ichida eng barqaror va butun dunyo IT-yo‘nalishdagi universitetlar ro‘yxatida 53-o‘rinni egallaydi.
Avvalroq Olmaotada Toshkent IQXMMI, Chirchiqda esa Auezov University filiallari ochilgandi. Sian-Xorg‘os-Olmaota-Sariyog‘och-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yuk poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.