“Apple” o‘zining raqamli xizmatlar bo‘limidagi 100ga yaqin xodimlarni qisqartiradi, deya xabar berdi “Bloomberg” nashri.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, eng katta qisqartirishlar “Apple Books” va “Apple Bookstore” ilovalarida ishlaydigan jamoalarga ta’sir ko‘rsatdi.
Ta’kidlanishicha, kompaniya “Apple Books"ni endi o‘z xizmatlarining muhim qismi deb hisoblamaydi, garchi u kelajakda o‘z imkoniyatlarini kengaytirishga tayyor bo‘lsa ham.
Xizmatlarni ishlab chiqish bo‘limi “Apple” uchun eng muhimlaridan biri bo‘lib, so‘nggi yillarda bu ko‘rsatkichlarning eng katta o‘sishiga olib keldi. So‘nggi moliyaviy yilda ushbu bo‘lim sotuvlarning 22%ini tashkil etdi. O‘n yil oldin bu ulush 10% edi.
Bu joriy yilda “Apple"ning xodimlarini birinchi marta ishdan bo‘shatishi emas. Shunday qilib, aprel oyida kompaniya Kaliforniyada ikkita yirik loyiha yopilgandan keyin 614 kishini qisqartirishini e’lon qildi.
Ulardan biri elektromobil ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi “Apple Watch” uchun yangi avlod ekranlarini ishlab chiqish edi. Ikkala loyiha ham yuqori xarajatlar va doimiy kechikishlarga olib keldi.
Shu bilan birga, “Apple” bu yil xodimlarni qisqartirayotgan yagona texnologiya giganti emas.
“Intel” yil oxirigacha ishchi kuchini 15%ga qisqartirmoqchi, bu qaror ikkinchi chorakdagi zaif natijalardan keyin qabul qilingan.
Avvalroq “Spot” “Tesla” butun dunyo bo‘ylab xodimlarining 10%dan ortig‘ini ishdan bo‘shatishi haqida yozgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qisqartirishlar kompaniyaning taxminan 14 ming nafar xodimga ta’sir qiladi.