2024-yilning yanvar-iyul oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 750,2 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Shundan 126,2 mlrd so‘mi, ya’ni 16,8%i 20ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,8 trln so‘mni, soliq imtiyozlari esa 30,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Yanvar-iyul oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan umumiy ovqatlanish korxonasi “Mak Food Servis” — “Evos” brendi bo‘ldi. Korxona tomonidan 40,5 mlrd so‘m soliq to‘langan.

Shuningdek, korxonaning tovar aylanmasi 494,5 mlrd so‘mni, qo‘llanilgan soliq imtiyozlari 8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ikkinchi o‘rinda “KFC” tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi — “International Foodchain” turibdi. Kompaniya 416,7 mlrd so‘m aylanma bilan 26,2 mlrd so‘m soliq to‘ladi.

Kuchli uchlikni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining umumiy ovqatlanish sho‘ba korxonasi “Ketring” kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Korxona besh oyda 202,1 mlrd so‘mlik aylanmasi bilan 17 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

Quyida 20ta umumiy ovqatlanish korxonalari har birining tovar aylanmasi, to‘langan soliqlari va imtiyozlari ko‘rsatilgan:

Kompaniya nomiTovar aylanmasi, mlrd so‘mdaTo‘langan soliqlar, mlrd so‘mdaSoliq imtiyozlari, mlrd so‘mda
1“Mak Food Servis” (Evos)494,5
40,58
2“International Foodchain” (KFC)
416,726,27,5
3“Ketring”
202,1173,6
4Euro Asia Lider Service15,14,61,2
5Chef Katering
98,94,10,9
6Blackpilaf
53,13,40,6
7Savdo64,73,2-
8Aviatika11,42,9-
9Good Food Catering
57,42,9-
10Vanilla Food
27,12,70,4
11PJ Eastern Group
18,91,7-
12Ol Foodchain
64,12,10,4%
13Xonobod Fayz Taomlari
16,62-
14Oqtepa Food Service71,520,3
15Efendi Co Ltd
81,9-
16Sirovarnya Super Food45,91,8-
17Alfa Best
37,91,85,4
18Feedup Eco64,31,70,8
19Sedmoe Nebo4,81,60,3
20Sayohat Travel32,21,61,4

Avvalroq “Spot” sug‘urta kompaniyalarini yirik soliq to‘lovchilar deb hisoblash taklif etilayotgani haqida yozgandi.

Shu bilan birga, to‘qimachilik korxonalari va pivo ishlab chiqaruvchilarni ushbu toifadan chiqarish rejalashtirilmoqda.