“Hamster Kombat” o‘yini yaratuvchilari rasmiy listing sanasini e’lon qilishdi. Bu haqda mini-o‘yinning “Telegram"dagi sahifasida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Loyiha asoschilari listing va tokenlarni generatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rishayotganliklarini ma’lum qilishdi.

“TGE” hamda “AirDrop” joriy yilning 26-sentabrida bo‘lib o‘tadi. Biroq, aynan qaysi birjada o‘tkazilishi hozircha noma’lum.

Iyul oyi boshida Pavel Durov “Hamster Kombat” yaratuvchilari TON blokcheynida token chiqarishlarini aytgandi. “Biz yangi davr kelishiga real vaqtda guvoh bo‘lamiz”, dedi u.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bu o‘yin kripto-aktiv bo‘lishi uchun blokcheyn texnologiyasi, uning qiymati va egasi bo‘lishi kerakligini qayd etdi. Shundagina u mulkiy huquqqa tenglashtirilishi mumkin.