“Qanot Sharq” aviakompaniyasi 29-avgustdagi Samarqand-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvozini bekor qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, payshanba kuniga belgilangan HH-711 reysi texnik sabablarga ko‘ra amalga oshirilmaydi. Yo‘lovchilarga sotib olingan chiptalarning to‘liq narxi qaytariladi.
Shuningdek, “Qanot Sharq” keltirilgan noqulayliklar uchun kompensatsiya sifatida bitta bepul aviachipta taqdim qilinadi.
Undan mazkur reyslarning barcha yo‘lovchilari aviakompaniyaning shu kabi yo‘nalishlarida yil davomida bir marotaba foydalanishlari mumkin.
Avvalroq “Qanot Sharq” Namangan-Istanbul-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgandi.