“Yandex Go” xizmati Guliston shahrida ish boshladi. Bu haqda kompaniya matbout xizmati “Spot"ga xabar bermoqda.
Safar narxi 4 ming so‘mdan boshlanadi. Masalan, vokzaldan A.Xo‘jayev nomidagi musiqali drama teatrigacha taksi narxi taxminan 4500 so‘mga tushadi.
Foydalanuvchilar ilova orqali boradigan manzilni kiritishlari va tegishli tarifni tanlab, taksi buyurtma qilishlari mumkin.
Ilovada avtomobilning yetib kelish vaqti, haydovchi va avtomobil rusumi haqidagi barcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Sayohatlarni ilovada bog‘langan karta yoki naqd pul orqali to‘lash mumkin. Kompaniya xaritalar, navigatsiya va “aqlli” buyurtma tarqatish kabi tizimlardan foydalanadi.
Endi xizmat Gulistondan tashqari, O‘zbekistonning 13ta shahrida, jumladan Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch va Xivada mavjud.
Yil oxirigacha mamlakatning turli viloyatlaridagi shaharlarda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq “Yandex Go” elektromobillar uchun alohida tarifni ishga tushirgandi. Haydovchilar yo‘lovchilar bilan muloqot qilish hamda xavfsizlik qoidalari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishgan.