“Telegram” asoschisi Pavel Durov garov evaziga ozod etildi, deya xabar bermoqda “Ria Novosti” nashri Parij prokuraturasiga tayanib.
28-avgust kuni kunning ikkinchi yarmida milliarder sudga olib borilib, u yerda so‘roq qilish uchun hibsdan ozod etildi. So‘roqdan so‘ng Durov sud nazoratiga olindi.
Durovga Fransiya hududini tark etish taqiqlangan. Tadbirkor 5 mln yevro miqdorida garov to‘lashi va haftasiga ikki marta politsiya bo‘limiga kelishi kerak.
Pavel Durov oltita jinoyatda, jumladan, noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida onlayn platformani boshqarishda ayblanmoqda.
“Ria Novosti” nashrining qo‘shimcha qilishicha, tadbirkor oltita huquqbuzarlikda, jumladan, noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish uchun onlayn platformani boshqarishda ayblanmoqda. Unga o‘n yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda.
24-avgust kuni “Telegram” asoschisi Pavel Durov Fransiya politsiyasi tomonidan Parij aeroportida qo‘lga olindi. Fransiya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun unga hisbga olishga order chiqarilgan.
“Telegram” Pavel Durov hibsga olinishiga izoh berib, messenjer Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga amal qilishini hamda uning moderatsiyasi sanoat standartlariga javob berishini qayd etdi.
Parij prokuraturasi Unga nisbatan noqonuniy tranzaksiya uchun onlayn platforma yaratish, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish va hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortish kabilar bo‘yicha ayblovlar qo‘ydi.
Avvalroq “Telegram” Fransiyada eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylangani haqida xabar berilgandi. Bunga messenjer asoschisining hibsga olinishi sabab bo‘lgan.