Toshkentning beshta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

29-avgust kuni ta’mirlash ishlari sabab Mirobod va Yunusobod tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Mirobod tumani (soat 10:00dan 18:00gacha)

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Tong yulduzi” MFY Farg‘ona yo‘li Sayxun ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylardagi 642ta xonadon;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2ta.

Yunusobod tumani (soat 10:00dan 17:00gacha)

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Tiklanish” MFY Gulyor 1−2−3−4−5-tor va Tiklanish ko‘chalaridagi 540ta yerli xonadon;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 13ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.


Avvalroq “Spot” Toshkent viloyatida qariyb 215 mln so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, fuqaro ishlab chiqarish sexidagi eritish qozonlarini o‘rta bosimli aholi gaz tarmog‘iga qo‘lbola gaz so‘rg‘ich moslamasi yordamida yashirincha ulanib olgan.