Oltinning global narxi ayni paytda troya unsiyasi uchun $2520ga yaqinlashdi.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda “Trading Economics"da oltin narxi $2518,1ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Markaziy bankining 29-avgust kuni bo‘yicha bergan ma’lumotida oltin quymalarning 1 grammi uchun narx 1 mln 61 ming 600 so‘mgacha yuqoriladi.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 5 mln 307 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 10 mln 617 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 21 mln 233 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 53 mln 83 ming so‘mni tashkil qiladi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $1 mlrdga ko‘paygani haqida yozgandi.
Xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori kamayishda davom etmoqda. Xususan, o‘tgan oyda valyuta zaxiralari $781,5 mln kamayish bilan $7,68 mlrd bo‘lgan.
Biroq, oltin zaxiralari qiymati o‘tgan oyga nisbatan $1,83 mlrdga oshib, $29,15 mlrdni tashkil etdi.