“Toshkent metropoliteni” bayram kunlari metro qanday harakatlanishini ma’lum qildi.
Mustaqillikning 33 yillik bayramini nishonlash maqsadida metropoliten yo‘nalishlarining faoliyati belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Xususan, 31-avgust va 1-sentabr kunlarida metro poyezdlari odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida harakatlanadi.
Shuningdek, 2,3-sentabr kunlari metro poyezdlari dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Prezidentning tegishli farmoni bilan dam olish kunlari belgilangan. O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olishadi.
Avvalroq 2024/2025-o‘quv yili oliy ta’lim muassasalarida 9-sentabrdan boshlanishi ma’lum qilingandi. Akademik litseylarda, kasb-hunar maktablarida esa ta’lim jarayonlari 4-sentabrdan boshlanishi belgilandi.