Marketpleyslar butun dunyoda jadal rivojlanmoqda, chunki ular orqali barcha zarur narsalarni topish va qulay joydan olish ancha oson. “Ozon” allaqachon O‘zbekiston va boshqa MDH mamlakatlarida keng tarqalgan. Mahalliy tadbirkorlar uchun bu nafaqat sotuv, balki buyurtmalarni berish punktini ochish orqali ham daromad olish imkoniyatini beradi. Hammasini to‘g‘ri hisoblash muvaffaqiyatli biznes kalitidir.
“Ozon” buyurtmalarni berish punktini kim ochishi mumkin
Yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs “Ozon” hamkori bo‘lishi mumkin. Agar bunday maqom bo‘lmasa, uni rasmiylashtirish kerak bo‘ladi. YaTT yoki yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji to‘lashni talab qiladi. Biroq, agar hoxlovchi allaqachon biznes yuritayotgan bo‘lsa, bu xarajatlar talab qilinmasligi mumkin.
Bino tanlovi
Ijara haqi — buyurtmalarni berish punktlari egalarining tanlangan hududga bog‘liq bo‘lgan asosiy doimiy xarajati. Masalan, Toshkentda avgust oyida u 9,3 mln so‘mdan boshlangan. Katta shaharlarda bino maydoni 25 kv. m dan kam bo‘lmasligi kerak, kichik aholi punktlarida esa bunday talab yo‘q.
Agar insonni o‘zida bino bo‘lsa, juda yaxshi, agar bo‘lmasa, uni tanlab, “Ozon” hududiy menejeri bilan kelishish kerak bo‘ladi. Buni interaktiv xarita yordamida amalga oshirish mumkin. U yerda ushbu joydagi taxminiy daromadni baholashga imkon beradigan kalkulyator ham mavjud.
Taxminiy daromaddan tashqari, xaritada marketpleys taqdim etadigan moliyaviy yordam summalari ham ko‘rsatilgan. Oltin rangdagi katakchalar — kafolatlangan daromad joylari, bu yerda tadbirkorlar punkt ishga tushirilgandan so‘ng birinchi yarim yilda 81 mln so‘mgacha yordam olishlari mumkin. Yashil — ochish mumkin, lekin to‘lovlar bo‘lmaydi. Moviy — hali bunday punktlar mavjud bo‘lmagan mahalliy hudud.
Bino topilgach, ariza yuborish lozim, u maʼqullangandan so‘ng agentlik va ijara shartnomasini imzolash mumkin.
Taʼmirlash ishlari va mebel xarid qilish
Bu yerda xarajatlar topilgan binoning holatiga bog‘liq. Agar u qoniqarli bo‘lsa va faqat kosmetik taʼmirlash talab etilsa, xarajatlar bo‘yoq materiallarining qiymatiga tushadi — bu xonaning o‘lchamiga va tanlangan markalarga bog‘liq. “Ozon” kompaniyasining brendbukida xonani bezatishga qo‘yiladigan talablar va hatto devorlarning rangigacha batafsil yoritilgan. Punkt egasi o‘zi taʼmirlashi yoki ishchilar guruhini yollashi mumkin.
Mebel sifatida administrator uchun stol va stul, tovarlarni saqlash uchun stellajlar, shuningdek, kiyib ko‘rish xonalari uchun stullar, ko‘zgular va pardalar kerak bo‘ladi. Ofis jihozlaridan faqat kompyuter yoki noutbuk va shtrix-kod skaneri zarur. Bunda ishlatilgan buyumlarni ham sotib olish mumkin, asosiysi, texnika ishlashi va mebelning tashqi ko‘rinishi yaxshi bo‘lishi kerak. Bu yerda narx to‘liq haridorning tanloviga bog‘liq, bu xarajatlarni smetaga kiritish esdan chiqmasa bas. Bundan tashqari, “Ozon” nuqtani ishga tushirish uchun sotib olish mumkin bo‘lgan mashhur va qimmat bo‘lmagan mebel buyumlariga havolalarni taqdim etadi. Peshlavha va barcha marketing materiallarini — stikerlardan tortib peshlavha va plakatlargacha “Ozon” taqdim etadi, bu esa dastlabki bosqichda sezilarli tejab qolish imkonini beradi.
Xodimlarni ishga olish
Barcha “Ozon” buyurtmalarni berish punktlari yagona ish jadvaliga ega — tanaffuslarsiz va dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 21:00 gacha. Bir kishi ulgurmasligi aniq, shuning uchun smena bilan ishlash uchun kamida ikkita xodim yollash zarur. Buning xarajatlarini hisoblash uchun hududdagi shunga o‘xshash lavozimlardagi o‘rtacha ish haqini aniqlash va smena qiymatini hisoblash kerak. Odatda, bu lavozimdagi ish haqi ishlangan soatlarga qarab hisoblanadi.
Ish haqini bozordagidan past qilib, tejashga urinmagan ma’qul — bunday holda kadrlar ketib qolaverishiga uchrash va doimiy ravishda yangi xodimlarni o‘qitishga resurs sarflashga to‘g‘ri kelishi mumkin. Punktning ish sifati pasayishi mumkin, bu esa ko‘pincha aylanma va daromadga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Biroq, agar xarajatlarni kamaytirish juda zarur bo‘lsa, dastlab qarindoshlarni yordamga chaqirib, ular bilan birga yoki mustaqil ishlash mumkin.
Xodimlarni o‘qitishni platforma o‘z zimmasiga oladi, kompaniya barcha jarayonlar batafsil tushuntirilgan maxsus qo‘llanma ishlab chiqqan. Buni taʼmirlash ishlari bilan bir vaqtda amalga oshirish mumkin, bu ochilishga tayyorgarlik ko‘rish vaqtini kamaytiradi.
Ishga tushirish
Taʼmirlash ishlari yakunlangach, xodimlar ishga qabul qilinib, o‘qitilgach hamda ochilish “Ozon” hududiy menejeri bilan kelishilgach, buyurtmalarni berishni boshlash mumkin. Logistika marketpleys tomonidan to‘liq tashkil etilgan: ish kuni davomida kuryerlar buyurtmalarni yetkazib berishadi, smartfondagi ilova yordamida esa qaysi tovar qayerda joylashganini topish va uni mijozga tezda berish qulay.
“Ozon” o‘z foydalanuvchilariga yaqin joyda yangi nuqta ochilganini maʼlum qiladi va uni barcha xaritalarga qo‘shadi. Biroq, daromadni oshirish uchun turli reklama vositalaridan foydalanish, shuningdek, xaridorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash ustida ishlash ham maqsadga muvofiq — shunda sizning buyurtmalarni berish punktingiz doim yuqori reytingga va yaxshi aylanmaga ega bo‘ladi.
Daromadlar va xarajatlar haqida
Ish jarayonidagi asosiy xarajatlar — bu ijara va ish haqini to‘lash hisoblanadi. Birinchi yarim yilda ularni kafolatlangan qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘yicha to‘lovlar hisobiga qoplash mumkin. O‘zbekistondagi “Ozon” buyurtmalarni berish punktlari egalarining daromadi tovar narxi 701 066 so‘mgacha bo‘lganda, uning 3,7 foizini tashkil etadi, agar narx bundan yuqori bo‘lsa, buyurtmadagi har bir pozitsiya uchun — taxminan 25 939 so‘m. Shuningdek, sotuvchilardan tovarlarni va boshqa logistika kompaniyalarining buyurtmalarini qabul qilish orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniyati mavjud.
“Ozon” buyurtmalarni berish punktini ochish — bu doimiy daromad manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan oddiy biznes. Kompaniya statistikasi shuni ko‘rsatadiki, 10 nafar xaridordan 8 nafari o‘z buyurtmalarini aynan shunday nuqtalardan olishadi. Bunda tadbirkorlar ko‘pincha bitta punkt ochish bilan cheklanib qolmaydi, ko‘pchilik butun boshli tarmoqlar yaratadi. “Ozon” saytida barcha maʼlumotlarni olish va muvaffaqiyatli biznesga ilk qadamni qo‘yish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.