O‘zbekistonliklar Yaponiyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqarolar oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi ishlarga hujjat topshirishlari mumkin. Oylik ish haqi 200 mingdan 235 ming iyenagacha ($1380−1600, brutto).

Nomzodlar yapon tilini kamida N5 darajada bilishi 18−30 yoshda hamda maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, sudlanmagan va sog‘lom, kamida 3 yil ishlashga tayyor bo‘lish talab etiladi.

Ish vaqti haftasiga 40−48 soatni tashkil etadi. Qo‘shimcha ish soatlari uchun ustama haq to‘lanadi.

Aviachipta, aeroportdan kutib olib, yashash joyigacha transfer ish beruvchi hisobidan qoplanadi. Tanlov ish beruvchi vakillari bilan suhbat asosida o‘tkaziladi.

Nomzodlar joriy yilning 31-avgust kuni 17:00gacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotlarni 71 202 33 55 (ichki raqam 46) yoki 1282 qisqa raqami orqali olish imkoniyati mavjud.


Avvalroq yuk avtomobil haydovchilari Latviyaga ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi.