“Instagram” ijtimoiy tarmog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri post muharririda fotosuratlarga matn va stikerlarni qo‘shish funksiyasini qo‘shdi.

Ilgari buni faqat uchinchi tomon tasvirni tahrirlash ilovalari yordamida amalga oshirish mumkin edi.

Bundan tashqari, bitta fotosuratni ikkinchisining ustiga qo‘yish va qo‘yilgan tasvirning shaklini o‘zgartirish: masalan, uni to‘rtburchak, doira, kvadrat, yurak yoki yulduz shaklida taqdim etish mumkin.

Bundan tashqari, “Stories” va “Reels” foydalanuvchilari yangi shriftlar va turli animatsiya va effektlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Qayd etilishicha, bu matnning jozibadorligini oshirishga va vizual jihatdan o‘ziga xos kontent yaratishga yordam beradi.

Avvalroq “Instagram"da profilga qo‘shiq ulab qo‘yish funksiyasi ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi.

Funksiya ilovaning so‘nggi versiyasida mavjud bo‘lib, qo‘shiq qo‘shish va profil sozlamalarida ijro etish uchun 30 soniyalik parchani tanlash mumkin.

Shuningdek, “Instagram” foydalanuvchilarning sun’iy intellekt nusxasini yaratish funksiyasini qo‘shdi.

Neyron tarmoq blogerlar nomidan obunachilar bilan shaxsiy chatlarda yoki postlarga izohlarda muloqot qila oladi.


Avvalroq “Spot” “Instagram” “stories"larni xiralashtirish funksiyasini qo‘shgani haqida yozgandi.

Boshqa foydalanuvchilar ularni faqat javob sifatida xabar yuborish orqali ko‘rishadi.