Qozog‘istonning yana bir qancha yirik banklari 29-avgust Rossiyaning “Zolotaya Korona” to‘lov tizimi orqali pul o‘tkazmalarini cheklab qo‘ygan, deb yozadi “TACC”.
Bir kun avval, 28-avgust kuni “Freedom Bank” tranzaksiya bilan bog‘liq muammolarga duch kelgani ma’lum bo‘ldi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, gap “Bank RBK” va “Evroosiyo banki” haqida ketmoqda. “Zolotaya Korona” tizimi bo‘yicha tezkor o‘tkazmalarga xizmat ko‘rsatishni Qozog‘iston banklari orasida o‘z kapitali bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Qozog‘istonning tizimni tashkil etuvchi banki “HalykBank” ham to‘xtatdi.
Barcha uchta kredit tashkilotlari “TACC"ga to‘lov tizimi bilan ishlash “texnik sabablarga ko‘ra” to‘xtatilganligini aytishdi.
“CentreCredit”, “Bereke Bank”, “Nurbank” banklari ushbu xizmat bilan ishlashda davom etishlarini ma’lum qilishdi.
23-avgust kuni AQSh “Zolotaya Korona” uchun to‘lov dasturlarini ishlab chiqadigan “Moliyaviy texnologiyalar markazi"ga qarshi blokirovka qiluvchi sanksiyalarni joriy etdi.
To‘lov tizimining o‘zi cheklovlarga ta’sir qilmadi, ammo bundan bir hafta o‘tgach, bir nechta xorijiy banklar, shu jumladan Gruziya to‘lovlarni to‘xtatib turish to‘g‘risida e’lon qildi.
Avvalroq “Spot” Turkiyaning “Ziraat banki” rubl hisoblarini ochishni to‘xtatgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, rubl hisoblari egalariga pulni liraga aylantirish va xizmatlar uchun to‘lash uchun bank kartalaridan foydalanish taklif qilingan. Hozirda bank mazkur holatning sababini keltirmagan.