“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” va Yaponiyaning “MUFG” banki o‘rtasida $150 mln miqdorida ikki tomonlama kredit shartnomasi imzolandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu kredit mablag‘lari “NKMK"ning amaldagi investitsiya dasturining loyihalarini uzluksiz moliyalashtirishni ta’minlaydi.
Mablag‘ bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan loyihalar qayta ishlash quvvatlari va ishlab chiqarish hajmini oshiradi.
Shuningdek, konlarni o‘zlashtirish, yangi ishlab chiqarish obyektlarlarini ishga tushirish va amaldagilarini modernizatsiya qilish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan.
“Mitsubishi UFJ Financial Group, Inc.” (“MUFG”) dunyodagi yetakchi moliyaviy guruhlardan biridir. “MUFG” bosh ofisi Tokioda joylashgan va 360 yildan ortiq tarixga ega. Kompaniya 40 dan ortiq mamlakatlarda 2 000 ga yaqin filiallardan iborat global tarmoqqa ega. Guruh 120 000 ga yaqin xodimlarga ega bo‘lib, tijorat bank xizmatlari, qimmatli qog‘ozlar, kredit kartalar, iste’molchi moliyasi, aktivlarni boshqarish va lizing xizmatlarini taklif etadi.
Avvalroq “Spot” “NKMK” “S&P” tomonidan BB- kredit reytingini olgani haqida yozgandi.
Reyting agentligi kombinatga “Barqaror” prognozi bilan uzoq muddatli kredit reytingini berdi.