Xitoyning “Tecno” kompaniyasi uch marta buklanadigan smartfon prototipini namoyish etdi. Qurilmaning video sharhi kompaniyaning “YouTube” rasmiy kanalida chop etildi.
“Phantom Ultimate 2” oddiy telefondan tomonlar nisbati 4:3 bo‘lgan 10 dyuymli planshetga yoki hatto sensorli klaviaturali noutbukga aylanishi mumkin.
Buklanganda uning qalinligi atigi 11 mm bo‘lib, uni o‘z sinfidagi eng yupqalaridan biriga aylantiradi.
Qurilma konstruksiyasi ikki ilgakni o‘z ichiga oladi, “Tecno"ning fikricha, ular 300 mingtagacha egilishlarga bardosh bera oladi.
Smartfon har biri 50 megapikselli modulli uch kamerali: asosiy, keng burchakli va telefoto linzalari bilan jihozlangan.
Kompaniya dasturiy ta’minotni moslashtirishga alohida e’tibor qaratdi: interfeys qurilmaning yo‘nalishini avtomatik ravishda moslashtiradi, bu, masalan, ikki kishiga hamkorlik qilish yoki tarjima qilish uchun ekranning turli tomonlarini ishlatish imkonini beradi.
“Phantom Ultimate 2” konseptual qurilma bo‘lib qolmoqda. “Tecno” uni foydalanuvchilarning javobini o‘lchash uchun taqdim etdi va hali ommaviy ishlab chiqarish rejalari yo‘q.
Avvalroq “Spot” “Google Pixel 9” smartfonlarini namoyish qilgani haqida yozgandi.
Shuningdek, yangi mahsulotlar qatorida “Pixel Watch 3” aqlli soatlari va “Pixel Buds Pro 2” quloqchinlari ham bor.