“Telegram"ning 2023-yildagi daromadi $342 mlnni, operatsion xarajatlari $108 mlnni va umumiy zarari $173 mlnni tashkil etdi, deyiladi “Financial Times” (FT) iqtibos keltirgan kompaniyaning moliyaviy hisobotida.
Zarar qisman “Telegram” balansidagi raqamli aktivlar, jumladan “Toncoin” qiymatining oshishi hisobiga qoplandi, deb yozadi nashr.
“Financial Times” materialida aytilishicha, 2023-yilda “Telegram” raqamli aktivlarining umumiy qiymati deyarli $400 mlnni tashkil etgan va 2024-yilda kompaniya “Toncoin"ni taxminan $244 mlnga sotgan.
Shu bilan birga, “Telegram” bosh direktori Pavel Durovning hibsga olinishi haqidagi xabardan so‘ng “Toncoin” narxi 20%ga tushib, $5,46ga tushdi.
Fransiyada Pavel Durovga qarshi boshlangan tergov “Telegram"ning yaqin ikki yil ichida IPO o‘tkazish rejalarini izdan chiqarishi mumkin, chunki investorlar va reklama beruvchilar platformaga sarmoya kiritishni xohlamaydilar, deb yozadi “FT” ekspertlarga tayanib.
Bahorda Pavel Durov kompaniya ulushini olmoqchi bo‘lgan investorlar uni $30 mlrdga baholaganini aytdi.
Avvalroq Indoneziyada “Telegram” bloklanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, messenjer, shuningdek, “Bigo Live” striming ilovasi pornografiyani tarqatish va onlayn qimor o‘yinlarini targ‘ib qilishda ishtirok etganlikda ayblanmoqda