Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda “yashil” vodorod ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini moliyalashtiradi, deya xabar berdi xalqaro moliya tashkiloti matbuot xizmati.
Ishlab chiqarish quvvati 20 MVt elektroliz zavodi va 52 MVt quvvatga ega yangi shamol stansiyasidan iborat bo‘ladi.
Bank Saudiya Arabistonining “ACWA Power” va “O‘zkimyosanoat” qo‘shma korxonasi bo‘lgan “ACWA Power UKS Green H2” kompaniyasiga tegishli obyektni rivojlantirish, loyihalash, qurish va foydalanish uchun $65 mln miqdorida moliyaviy paket taqdim etadi.
Xususan, moliyalashtirish paketi YTTBning $55 mlnlik katta krediti va Kanada tomonidan taqdim etilgan $10 mlnlik imtiyozli moliyalashtirishdan iborat. Bundan tashqari, bank o‘z kapitali uchun $5,5 mlngacha ko‘prik krediti berishni rejalashtirmoqda.
YTTB Barqaror infratuzilma bo‘yicha boshqaruvchi direktori Nandita Parshad ta’kidlaganidek, “bu uglerod gazini ko‘p iste’mol qiladigan sanoatlari mavjud bo‘lgan Markaziy Osiyoda emissiyalarni kamaytirishga erishish qiyin bo‘lgan mintaqadagi bunday loyihadir”.
Zavod YTTB tomonidan moliyalashtirilgan ikkinchi qayta tiklanadigan vodorod loyihasi bo‘ladi.
Kelgusida korxona yiliga 3000 tonnagacha yashil vodorod ishlab chiqarishi kutilmoqda, bu esa yillik CO2 chiqindilarini 22 ming tonnaga kamaytirishi kerak.
O‘zbekistonda “yashil” vodorod
2023-yil yanvar oyida Chirchiq shahrida vodorod va ammiak ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi. YTTB biznes-forumida “ACWA” va “O‘zkimyosanoat” o‘rtasida yakuniy kelishuv imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, loyiha “ACWA” 80% va “O‘zkimyosanoat” 20% ulushiga ega “ACWA-UKS GH2” qo‘shma korxonasi tomonidan boshqariladi. Loyihaning taxminiy qiymati $88 mlnga baholanmoqda.
Zavodda ishlab chiqarilgan vodorod ammiak sinteziga va keyinchalik azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishga sarflanadi. Yiliga 500 ming tonnagacha nitrat olish, 33 mln tonna tabiiy gazni tejash rejalashtirilgan.
May oyida “ACWA Power” mintaqaviy direktori Abid Malik “Spot” nashriga bergan intervyusida Chirchiqda shu yil oxirigacha yashil vodorod ishlab chiqarish zavodini qurish rejalari haqida gapirdi. Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonning azotli o‘g‘itlar eksportchisiga aylanish salohiyatini qayd etadi.
Avvalroq “Spot” joriy yilda qariyb 1 GVt muqobil energiya uskunalari o‘rnatish rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.
Prezident isitish tizimlarini yangilash, elektr energiyasini uzatishda yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.