“Silk Avia” Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.
Parvozlar 11-sentabrdan boshlab chorshanba va shanba kunlari “LET L-410” havo kemasida amalga oshiriladi.
Aviaqatnovlar jadvali:
Aviachiptalarni barcha xalqaro aeroportlarda va “Uzbekistan Airways Sales” filialida xarid qilish mumkin.
- Toshkentdan jo‘nab ketish — soat 11:40, Shahrisabzga yetib borish — soat 13:10;
- Shahrisabzdan jo‘nab ketish — soat 13:50, Toshkentga yetib borish — soat 15:50.
Avvalroq “Silk Avia” sentabrdan boshlab Buxoro va Urganchga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.
Bir tomonga chipta narxi 308 ming so‘mdan boshlanadigan parvozlar haftada bir marta — har shanba kuni amalga oshiriladi.