O‘zbekistonda 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?
Spot sentabr oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
AQShning Simmons universiteti grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda
Talabalar o‘quv to‘lovlaridan ozod etilib, ularga $3000 miqdorida stipendiya beriladi.
Talabalar uchun ta’lim kreditlari
Hozirda mavjud 35ta bankdan 7tasida talabalar uchun ta’lim kreditlari ajratilayotgan bo‘lib, u faqat O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.
Xorijda ta’lim: Oksfordda to‘liq grant bilan o‘qiyotgan Ikboljon Sobirov hikoyasi
Ikboljon Spot’ga nima uchun Oksfordni tanlagani, Abu Dabidagi ta’lim va axborot texnologiyalarini tibbiyotda qo‘llashdan maqsad haqida so‘zlab berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida yangi zal ochildi.
Uchib ketish terminalida maydoni 2500 kvadrat metr zal qurilgan bo‘lib, undan yo‘lovchilar ro‘yxatdan otish joyiga liftlar yoki eskalatorlar orqali chiqishlari mumkin. - Taras Shevchenkodagi gastronomik ko‘cha qanday bo‘ladi?
Spot Mirobod tumani hokimligi bilan gastronomik ko‘cha konsepsiyasi, ochilishining keyinga qoldirilishi, unga tutash hududlar ijarasi va tadbirkorlar bilan bog‘liq zararni kompensatsiya qilish masalalari borasida suhbatlashdi. - Dollarning rasmiy kursi avgust oyida qanday o‘zgardi?
O‘zbek so‘mi yoz davomida birinchi marta dollarga nisbatan arzonlashdi. O‘tgan oylarda milliy valyuta 80,9 so‘m yo‘qotdi. - Instagramda fotosuratlarga stiker va matn qo‘shish funksiyasi qo‘shildi.
Bundan tashqari, bitta fotosuratni ikkinchisining ustiga qo‘yish va qo‘yilgan tasvirning shaklini o‘zgartirish mumkin. - Yo‘l harakati bo‘yicha asossiz jarimalar ustidan onlayn shikoyat qilish imkoniyati yaratildi.
Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin hamda hech qanday hujjat talab etilmaydi. - Parij sudi Pavel Durovni garov evaziga ozod etdi.
Durov sud nazoratiga olinib, unga Fransiyani tark etish taqiqlandi. Telegram asoschisi, shuningdek, 5 mln yevro miqdorida garov puli to‘lashi va haftasiga ikki marta politsiyaga kelishi kerak. - Yetti oyda qaysi umumiy ovqatlanish korxonalari eng ko‘p soliq to‘ladi?
Yanvar-iyul oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan ovqatlanish korxonasi 40,5 mlrd so‘m bilan Mak Food Servis, ya’ni Evos brendi bo‘ldi. - Apple yangi mahsulotlarining taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi.
Yangi mahsulotlar taqdimoti 9-sentabr kuni o‘tkazilib, unda iPhone 16 smartfonlar qatori namoyish etilishi kutilmoqda. - Jismoniy shaxslardan elektr va gaz uchun qarzlarni undirish tartibi qanday o‘zgarmoqda?
Endilikda majburiy to‘lovlarni undirish uchun ariza topshirishda qarzdorning tarmoqlardan uzilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak. - Toshkent xalqa yo‘lining Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tgan qismi ochildi.
Yo‘lning 4 kilometriga asfalt-beton yotqizilib, qatnov qismi kengaytirildi. Ko‘cha bo‘ylariga elektron boshqariladigan tungi yoritish tizimi hamda aqlli svetaforlar o‘rnatildi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
“Atrofingizdagi dunyoni biz yaratamiz” — Mariya Sultonova kelajak shaharlari haqidaSAD kompaniyasi direktori va boshqaruvchi hamkori Mariya Sultonova studiya qanday qilib kelajak shaharlarini yaratishda ishtirok etishi, biznes va aholi uchun qulay muhit yaratishi haqida so‘zlab berdi.
Fido-Biznes va IsBF birgalikda O‘zbekistonda islomiy moliyani rivojlantiradi
Fido-Biznes IT kompaniyasi Islamic Business and Finance bilan hamkorlikda O‘zbekistonda islom moliyalasini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi.
Ozon tadbirkorlar uchun buyurtmalarni berish punktini ochib, uni qanday barqaror daromad manbaiga aylantirish mumkinligi haqida o‘rtoqlashdi.