Toshkent xalqaro aeroportida ochiq terrasa yaratish rejalashtirilgan. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati “Spot"ga ma’lum qildi.

Maydoni 2200 kvadrat metr bo‘lgan shaharga qaragan ochiq terrasa shanba kuni ochilgan va estakada hamda sobiq to‘xtash joyida qurilgan yangi uchib ketish zalining ikkinchi qavatida joylashgan bo‘ladi.

“Ikki oy ichida yangi zalning tomida yozgi terrasaochamiz. Yo‘lovchilar terrasaga ko‘tarilib, kafeda o‘tirib, dam olishlari mumkin bo‘ladi. Umid qilamizki, bu mamlakatga kelayotgan yo‘lovchilar va sayyohlarning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi”, — dedi “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Javlonbek Umarxodjayev.

terrasa, toshkent aeroporti

Unga ko‘ra, yozgi terrasa hamma uchun ochiq bo‘ladi. Jumladan, unda umumiy ovqatlanish korxonalari va parklar hududlari joylashadi.

Shuningdek, “Uzbekistan Airports” kompaniyasi bolalar maydonchasini joylashtirish haqida o‘ylamoqda.


Avvalroq “Spot” Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida yangi zal ochilgani haqida yozgandi.

Uchib ketish terminalida maydoni 2500 kvadrat metr zal qurilgan bo‘lib, yo‘l o‘tkazgichni buzib, fasadini avtoturargoh tomon ko‘chirish orqali hudud kengaytirilgan.

Zalning o‘zida yo‘lovchilar va kuzatuvchilar dastlabki tekshiruvdan o‘tadilar va ba’zi xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Xususan, bagajni qadoqlash, SIM-kartalarni sotib olish, bankomat xizmatlari, zaryadlash stansiyalari va vending avtomatlari shular jumlasidan.