Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tlazilgan ochiq muloqotda belgilangan reja va vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi qarorni imzolagani haqida xabar berilgandi.
Hujjat bilan Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Ularning tarkibi 30 nafardan 35 nafarga oshirildi.
Kengashning yangi aʼzolari quyidagilardan iborat:
- Ilhomjon Abdurahmonov — “Paxtakor Teks” rahbari;
- Sardor Abasxanov — “Global Export Company” hammuassisi;
- Shohruh Ro‘ziqulov — “Artel Electronics Group” bosh direktori;
- Kamol Abdullayev — “Sam Antep Gilam” qo‘shma korxonasi ta’sischisi (2023-yilda kengash a’zoligidan chiqarilgan);
- Farhod Mamatjonov — “Prestij Rielt” asoschisi (shuningdek, “Invest Finance Bank"ning majoritar aksiyadori);
- Shavkat Jalolov — “Agromir Buildings” hammuassisi;
- Alina Simerman — “Test Center Baho” hammuassisi (shuningdek, “ChaiKof” ulushdori, “Coffee and Pastry"ni boshqaradi);
- Xusamiddin Qayumov — “Mak Food Servis” (Evos) asoschisi;
- Azizbek Qurbonov — Xalqaro biznes auditi va konsalting (IBAC) rahbari o‘rinbosari;
- Artyom Kreskas — “Yangi Zamon Bino” direktori;
- Murod Nazarov — “Murad Buildings” asoschisi (2023-yilda a’zolikdan chiqarilgandi);
- Umid Irgashev — “Feedup Eco” asoschisi;
- Olga Soy O‘zbekiston muhandis-konsalting uyushmasi (UZACE, Larisa Belousova o‘rniga) boshqaruv a’zosi.
Quyidagilar kengash tarkibidan chiqarildi:
- Elmurod Abdullaev — “Sun-Hightech” asoschisi;
- Anna Dobrix — “Iftihor Kiyim Sanoat” rahbari;
- J. Lasselberger — “Lasselsberger” asoschisi;
- Xasan Mamasaidov — “Dekos Group” rahbari;
- Haydar O‘roqov — “Navobod naslli parranda” fermer xo‘jaligi rahbari.
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kengashi 2022-yilda maslahatchi organ sifatida tashkil etilgan.
Uning asosiy vazifalari tadbirkorlik faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini dastlabki ko‘rib chiqishdan iborat. Kengash majlislari oyiga kamida bir marta o‘tkaziladi.
Avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor unvoni ta’sis etilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur unvon bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillari taqdirlanadi.