O‘zbekiston Markaziy banki iyul oyida oltin xaridi bo‘yicha dunyo yetakchilari uchligiga kirdi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) xabar berdi.
Dunyo bo‘ylab moliyaviy regulyatorlar qimmatbaho metal zaxiralarini 37 tonnaga oshirdi, bu iyun oyiga nisbatan uch baravar ko‘pdir. Umumiy xarid hajmi 41 tonnani tashkil etdi yoki o‘tgan oyga nisbatan uchdan bir baravarga ko‘p bo‘ldi.
Polsha Milliy banki eng ko‘p oltin sotib oldi — 14 tonna, 2023-yil noyabridan beri oylik maksimal ko‘rsatkichga yetdi. Hozirda uning zaxiralari 392 tonnaga baholanmoqda.
Ikkinchi o‘rinni 10 tonna bilan O‘zbekiston Markaziy banki egalladi. Mamlakat zaxiralarining umumiy tonnaji 375 tonnaga yetdi va yil boshiga nisbatan birinchi marta o‘sishni ko‘rsatdi.
Birinchi kuchli uchlikni bir oy ichida 5 tonna qimmatbaho metall sotib olgan Hindiston zaxira banki yakunladi. Mamlakatning umumiy oltin zaxirasi 846 tonnani tashkil etib, yil boshidan buyon 43 tonna qo‘shilgan.
Bundan tashqari, Iordaniya, Turkiya (har biri 4 tonna), Qatar va Chexiya (har biri 2 tonna) oltin xarid qildi. Yagona yirik sotuvchi Qozog‘iston Milliy banki bo‘ldi — minus 4 tonna, avgust oyi boshida mamlakatning qimmatbaho metallar zaxirasi hajmi 295 tonnani tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston oltin zaxiralari 1-avgust holatiga 376,3 tonna yoki iyul oyi darajasidan 12,4 tonnaga ko‘pdir. Uning qiymati maksimal yangilanib, $29,15 mlrdga yoki mamlakat umumiy xalqaro aktivlarining deyarli 78%iga yetdi.
Avvalroq Qoraqalpog‘istonda Xitoy kompaniyasi bilan birga likda Urusay oltin konini o‘zlashtirish boshlangani haqida xabar berilgandi.