“Google” Hindistonning “Salcit Technologies” kompaniyasi bilan hamkorlikda inson chiqaradigan tovushlar asosida kasalliklarni aniqlash texnologiyasini birlashtirmoqda, deya xabar berdi “Bloomberg” nashri.

Ta’kidlanishicha, “Google HeAR” (Health Acoustic Representations) deb nomlangan model, masalan, sil bilan kasallangan odamni aniqlash uchun yo‘tal, burun oqishi va nafas olish qiyinlashuvi haqidagi 300 mln audioyozuvda o‘qitilgan.

Bioakustika — bu biologiya va akustikaning kombinatsiyasi bo‘lib, hayvonlar va odamlar tomonidan chiqarilgan tovushlardan ma’lumot olishga yordam beradi.

Generativ sun’iy intellekt, “ChatGPT"ni butun dunyo bo‘ylab 200 mln foydalanuvchiga yetkazgan texnologiya endi bu sohaga yangi darajadagi funksionallikni qo‘shadi.

“Alphabet"ning asosiy sun’iy intellekt modellaridan biri yangi imkoniyatlarni ochib, kasallikning dastlabki belgilarini aniqlash uchun audio signallardan foydalanadi.

Texnologiya smartfonga o‘rnatilishi va murakkab geografik muhitda yuqori xavf ostida bo‘lgan aholini kuzatishi mumkin.

Qimmatbaho diagnostika uskunalari, masalan, rentgen apparatlari yoki texnik tajriba qo‘l ostida bo‘lmagan hollarda, sun’iy intellekt va mobil telefon mikrofoni yordam beradi.

Bunday texnologiya shifokorlarning o‘rnini bosa olmaydi, biroq u, ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi rivojlangan hududlardagi odamlarga faqat smartfon yordamida sog‘liq uchun mumkin bo‘lgan xavflar haqida ogohlantirish olish imkonini beradi.

Ushbu xususiyat faqat “Google"ning seriyali qurilmalarida mavjud bo‘ladimi yoki kompaniya hamma uchun alohida dastur chiqaradimi, aniq emas.


Avvalroq “Spot” “Google” “Add Me” nomli yangi funksiyani taqdim qilgani haqida yozgandi.

Bu neyrotarmoq texnologiyalaridan foydalangan holda turli odamlar bilan bir nechta suratlarni bitta guruh kadrida birlashtirish imkonini beradi.