Toshkentda sentabr va oktabr oylarida issiq suvning rejalashtirilgan uzilishlari kutilmoqda, deya xabar bermoqda “Veolia Energy Tashkent”.
“Issiq suvni rejalashtirilgan o‘chirish vaqtida biz eskirgan kommunikatsiyalarni almashtiramiz va isitish mavsumida issiqlik ta’minoti ishonchliligini oshiradigan boshqa ishlarni bajaramiz”, — deyiladi xabarda.
Issiq suv ta’minoti o‘chirilish sanalari va manzillari bu yerda.
Qayd etilishicha, markazlashtirilgan isitish manbalarining kuzda to‘xtatilishi shaharning issiqlik infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yaxshilashga qaratilgan.
Avvalroq Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik munosabati bilan 5-sentabrdan 3-oktabrgacha sovuq suv ta’minoti vaqtinchalik o‘chirilishi haqida xabar berilgandi.
Sovuq suv ta’minoti o‘chirilish sanalari va manzillari bu yerda.
Qayd etilishicha, suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.