“Instagram” Stories’da fikr bildirish imkoniyatini qo‘shmoqda, deya xabar berdi “engadget” nashri.
Ilgari hikoyalarga faqat shaxsiy xabarlarda javob berish mumkin edi. Endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Stories” ostida sharh qoldirish mumkin va ular 24 soatdan keyin yo‘qoladi.
Hikoya egalari barcha obunachilar yoki faqat ma’lum odamlar fikr bildira olishini belgilashi mumkin. Izohlar shaxsiy xabarlarda emas, hikoyaning o‘zida ko‘rinadi.
Hikoya sharhlari har qanday alohida post uchun yoqilishi yoki o‘chirilishi mumkin. Agar yoqilgan bo‘lsa, sharhlarni barcha obunachilar ko‘rishlari mumkin, lekin faqat tanlanganlar sharh qoldirishlari mumkin.
Sharhlovchilar profilining kichik rasmlari hikoya eskizining pastki qismida paydo bo‘ladi, shuning uchun postni ko‘rishdan oldin sharhlar borligini bilib olish mumkin.
Avvalroq “Instagram” fotosuratlarga stiker va matn qo‘shish funksiyasi qo‘shilgandi.
Bundan tashqari, bitta fotosuratni ikkinchisining ustiga qo‘yish va qo‘yilgan tasvirning shaklini o‘zgartirish mumkin.
Shuningdek, “Instagram” foydalanuvchilarning sun’iy intellekt nusxasini yaratish funksiyasini qo‘shdi.
Neyron tarmoq blogerlar nomidan obunachilar bilan shaxsiy chatlarda yoki postlarga izohlarda muloqot qila oladi.
Avvalroq “Spot” “Instagram” “stories"larni xiralashtirish funksiyasini qo‘shgani haqida yozgandi.
Boshqa foydalanuvchilar ularni faqat javob sifatida xabar yuborish orqali ko‘rishadi.