“Telegram Ads” xizmati reklama xabarlarida grafik va video fayllarni qo‘llab-quvvatlashni qo‘shdi. Bunga “vc.ru” nashri e’tibor qaratdi.
Platformadagi homiylik postlariga JPEG va PNG formatidagi tasvirlarni yoki davomiyligi 3 soniyadan 60 soniyagacha bo‘lgan MP4 formatidagi videolarni qo‘shish mumkin. Rasm uchun maksimal fayl hajmi 5 MB, video esa 20 MB.
“Telegram Info” kanaliga ko‘ra, bannerlar yoki videolar bilan reklama kampaniyalarini boshlash uchun minimal byudjet 20 ming yevroni tashkil qiladi. Ikkala formatdan foydalanganda kamida 30 ming yevro budjet talab qilinadi.
Tasvirli reklamalarni tematik toifalar bo‘yicha auditoriyaga yo‘naltirish uchun belgilash 50%, videolar uchun — 70% bo‘ladi. E’londa 160 belgigacha bo‘lgan matn va sarlavha bo‘lishi kerak.
Telegramda reklama
Durov birinchi marta 2021-yilning fevralida “Telegram"da reklama e’lon qildi — platforma shu tarzda ishni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ jalb etishga umid qilgan. O‘sha yilning oktabr oyida homiylik xabarlarining yaqinda paydo bo‘lishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi va 26-oktyabrda Durov bu haqda rasman e’lon qildi.
Reklama postlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Telegram"dan yuboriladi va kanalning eng quyi qismida ko‘rsatiladi — ularni ko‘rish uchun surish yoki pastga aylantirish kerak. Homiylik qilingan postlar 160 belgi va havola bilan cheklangan.
Durov reklama beruvchilarga ularning postlari ko‘rsatiladigan kanallar tili va mavzusini tanlash imkoniyatini berishga va’da berdi.
U “Telegram” reklama havolalarini bosishlarni kuzatmasligiga va targeting maqsadlarda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanmasligiga ishontirdi.
2023-yil avgustidan reklama postlarida “Telegram"dan tashqaridagi veb-resurslarga havolalardan foydalanish mumkin. Biroq, havolalarni qisqartirish xizmatlarida (bit.ly, goo.gl va boshqalar) manzillardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Avvalorq “Spot” “Telegram"ning 2023-yildagi zarari $173 mlnni tashkil qilgani haqida yozgandi.
Zarar qisman “Telegram” balansidagi raqamli aktivlar, jumladan “Toncoin” qiymatining oshishi hisobiga qoplangan.