“Huawei” kompaniyasi 10-sentabr kuni bir qator yangi mahsulotlarni taqdim etadi.
“Bloomberg” agentligining yozishicha, gap egiluvchan ekranli uch marta buklanadigan smartfon haqida ketmoqda.
Kompaniya taqdimoti “Apple"ning yangi mahsulotlari namoyishining ertasiga bo‘lib o‘tadi. “Huawei” besh yildan beri uch marta buklanadigan smartfon ishlab chiqarish ustida ishlamoqda.
Shuningdek, kompaniya yangi chip va sun’iy intellekt funksiyalariga ega kameraga ega “Mate 70 Pro” flagmanini ham taqdim etishi mumkin.
Avvalroq, “Huawei” iste’molchilar bo‘limi bosh direktori Richard Yu uchta ekranli buklanadigan smartfon bilan ko‘rilgan edi.
Ushbu konfiguratsiya ochiladigan ekran hajmini 10 dyuymgacha oshiradi, bu bozorda mavjud bo‘lgan variantlardan (7,6−8 dyuym) ancha katta.
Qayd etilishicha, “Xiaomi” kompaniyasi ham uch marta buklanadigan smartfonni ham ishlab chiqmoqda.
Yangi smartfon “Mix” liniyasining bir qismiga aylanishi mumkin va prototip namoyishi yoki rasmiy taqdimoti fevral oyida yillik “Mobile World Congress” ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Avvalroq “Spot” Xitoyning “Tecno” kompaniyasi uch marta buklanadigan smartfon prototipini namoyish etgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, qurilmani planshet yoki sensor klaviaturali noutbukga aylantirish mumkin.
Hozirda konseptual qurilma foydalanuvchilar fikrini baholash uchun taqdim etilgan va hali ommaviy ishlab chiqarish rejalari yo‘q: