O‘zbekiston va Ozarbayjonning “Azermash” kompaniyasi avtomobillarning mayda uzelli yog‘ish yig‘ish (CKD) loyihasini faol ishlab chiqmoqda. Bu haqda xabardor manbaga tayanib, “Trend” nashri xabar berdi.
2025-yilda CKD (Complete nock-down) texnologiyasidan foydalangan holda “Chevrolet Cobalt” ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va 15 ming dona avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
“Trend"ning ta’kidlashicha, ikki tomonlama hamkorlik doirasida Hojigabuldagi avtomobil zavodida “Tracker” va “Onix” yengil avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
2021-yil sentabrida “Azermash CP” zavodida “UzAuto Motors"ning Hojigabuldagi yig‘ish liniyasi ishga tushdi. Dekabr oyidan boshlab yettita model: “Nexia”, “Cobalt”, “Damas”, “Labo”, “Lacetti”, “Malibu” va “Tracker” ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yildi.
Ayni paytda zavod quvvati yiliga 5 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarish imkonini beradi. Zavod mahsulotlarini mahalliy bozorda sotish bilan birga Gruziya, Turkiya va Afrika mamlakatlariga yetkazib berish rejalashtirilgan.
2023-yil may oyida “UzAuto Motors” Ozarbayjonda avtomobil ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish bo‘yicha ishlarni boshladi.
Yangi sexni ishga tushirish 2025-yilga mo‘ljallangan bo‘lib, undan keyin ishlab chiqarish hajmi olti baravarga oshadi.
Avvalroq “Spot” Mo‘g‘ulistonda “UzAuto Motors” avtomobillari sotiluvchi birinchi dilerlik markazi ochilgani haqida yozgandi.
Bundan tashqari kompaniya Gruziyaga Cobalt va Tracker avtomobillari partiyasini jo‘natdi. Sentabrda Tbilisida yangi avtosalon ochiladi.