Yerto‘ladan shaxsiy kovorkingga: sobiq sportchi qanday qilib arxitektura ofisini ochdi va yillik aylanmasini $100 minggacha oshirdi?

Akitekt arxitektura byurosi va [hub] kovorking-markazi asoschisi Zokir Mirzaahmedov qanday qilib frilanserlikdan biznes egasiga aylangani, nima uchun kovorking markazi, arxitektura va dizayn sohasida mutaxassislar tayyorlash maktabini ochishga qaror qilgani bilan o‘rtoqlashdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Qanday biznes bilan shug‘ullangan yaxshi? Ekspert fikri

Profi xususiy ta’lim muassasalari tarmog‘i asoschisi, biznes-advokat Bektosh Hatamov qanday biznes bilan shug‘ullanish mumkinligini aniqlash bo‘yicha yoshlarga o‘z tavsiyalarini berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Kichik biznes uchun ofis binosini qanday tanlash kerak?

Kichik biznes uchun ofis tanlash — bu xodimlar va mijozlarning qulayligi bog‘liq bo‘lgan muhim qadamdir. CMWP mutaxassisi bino tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Yangi Toshkentda xalqaro aeroport quriladi — Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev

Vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, yangi aeroport qurilgach, mavjud aeroportga investitsiyalarni kiritish to‘xtatiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Uylar hali-beri arzon bo‘lmaydi — tahlilchi Timurmalik Elmuradov uy-joy bozori haqida

Ekspertning qayd etishicha, sotuvlar hajmining kamayishi hamda narxlar o‘sishining sekinlashishi vaqtinchalik holat. Bundan tashqari, xonadonlarning biznes maqsadida sotib olinishi ham narxlarni oshiruvchi omillardan biridir.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Mutaxassislar Humo to‘lov tizimining minimal qiymatini $60−80 mlnga baholashmoqda.
    Iyul oyida Humo’ni xususiylashtirish boshlandi, birinchi bosqich 22-avgustga kelib yakunlandi. Qozog‘istonning Kaspi fintex guruhi to‘lov tizimini sotib olishga qiziqish bildirgan. Spot ekspertlar bilan kelishuv ehtimoli va Humo qiymati haqida suhbatlashdi.
  2. Super-kontrakt uchun onlayn arizalar qabuli boshlandi.
    Qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kontrakt.edu.uz saytidan ariza jo‘natishlari hamda shartnoma olishlari mumkin.
  3. Toshkent-Samarqand pullik yo‘lini qurish 2024-yilda boshlanadi — prezident qarori.
    2030-yilgacha 1 ming kilometr uzunlikdagi pullik avtomobil yo‘llarini qurish, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlarini xususiy operatorlarga berish hamda har yili 200ta maktab va bog‘cha qurish belgilandi.
  4. Qiymati $1 mlrdlik Samarqand-Buxoro pullik avtomobil yo‘li quriladi.
    Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘lining qurilishi joriy yilning dekabrida, Toshkent-Andijon pulli yo‘li esa, 2026-yilning ikkinchi choragida boshlanadi.
  5. Super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.
    Endi qabul jarayonida ikkinchi-beshinchi yo‘nalishga grant yoki kontrakt asosida kirgan talabalar o‘z xohishlari bilan ustuvorligi bo‘yicha tanlagan birinchi yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishlari mumkin. O‘qishga kira olmagan abituriyentlar ham super-kontrakt asosida qabul qilinadi.
  6. “Bu noldan boshlanadigan qurilish” — Jasurbek Choriyev Buxorodagi yangi aeroport qiymati haqida.
    Yil oxirigacha Transport vazirligi Namangan aeroportini modernizatsiya qilish va xususiy boshqaruvga berish bo‘yicha tender e’lon qiladi.
  7. O‘zbekistonda Toncoin kriptovalyutasi savdosi rasman yo‘lga qo‘yildi.
    UzNEX kriptobirjasi tangani listingga chiqardi. Hozirda Toncoin narxi 59 ming so‘mni tashkil etadi.
  8. Korzinka “Eng arzon narx” dasturi nomini o‘zgartiradi.
    Supermarketlar tarmog‘i Raqobat qo‘mitasi tavsiyalari asosida eng arzon narxlar strategiyasining nomini o‘zgartiradi. Biroq, chakana sotuvchi dastur mohiyatini o‘zgartirmagan holda hamyonbop narxlarni belgilash siyosatini davom ettiradi.
  9. O‘zbekiston dunyodagi eng yirik uzum eksport qiluvchi davlatlar reytingidan chiqib ketdi.
    Qayd etilishicha, bunga anomalar sovuqlar tufayli katta maydonlardagi uzumzorlarning nobud bo‘lishi sabab bo‘lgan.
  10. O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha oylik to‘lovlar 16%ga oshdi.
    O‘rtacha oylik to‘lovlar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 415 ming so‘mga ko‘payib, 2,99 mln so‘mni tashkil etdi. Oyiga yuqori miqdorda kredit to‘lovchi fuqarolar ulushi o‘sgan.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Click Up`da avtosug‘urtani onlayn rasmiylashtirish mumkin

Click Up qulay shartlar asosida va minimal vaqt sarflagan holda avtosug‘urtani qulay tarzda onlayn rasmiylashtirish imkoniyatini taklif etadi.

Sliva.app Telegram boti orqali kompaniyalar xizmatlarini onlayn band qilish mumkin

Sliva.app orqali mijozlar tadbirkor va kompaniyalarning xizmatlari va ish vaqti haqida ma’lumot olish, shuninglek, ushbu xizmatlarni onlayn band qilishni Telegram boti yordamida amalga oshirishi mumkin.