Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi eksport akseleratori dasturi boshlanganini ma’lum qildi.
Dastur eksport bo‘yicha bitimlarni olishga qiziqqan, lekin bu borada amaliy tajribaga ega bo‘lmagan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Kompaniya vakillari jahon bozorlariga chiqishga tayyorlanishadi.
Akseleratsiya dasturi “IMGR” xalqaro kompaniyasi tomonidan uch bosqichda o‘tkazilib, unda eksportchi maqomini olish uchun amaliy bilim olgan 100ta kompaniya tanlab olinadi. Dasturda ishtirok etish bepul.
Birinchi bosqich doirasida kompaniyalar xalqaro bozorlarning o‘ziga xos xususiyatlari va import mahsulotlariga bo‘lgan talablari, eksport jarayonlari va maqsadli yetkazish uchun raqobatbardosh mahsulotni qanday tayyorlashni o‘rganishadi.
Ikkinchi bosqichda marketing materiallari ishlab chiqilib, muzokaralarga tayyorlanadi. Yakuniy bosqichda esa, ishtirokchilar potensial xorijiy hamkorlar bilan turli ko‘rinishlarda — ko‘rgazma va forumlarda yuzma-yuz hamda onlayn muzokaralar olib borishadi.
Bundan tashqari, barcha bosqichlarda ishtirokchilar mutaxassislardan individual yo‘l-yo‘riq va shaxsiy fikr-mulohazalar olishlari mumkin.
“Jamoamiz uchun bu muhim loyiha bo‘lib, biz bir vaqtning o‘zida o‘zbekistonlik kompaniyalarni noldan xorijiy bozorlarga chiqishga tayyorlaymiz, shu bilan birga, ular bilan global bozorda talab qilinadigan noyob eksport mahsulotini ishlab chiqmoqdamiz. Akseleratorda ishtirokchilarimiz uchun sheriklarni qidiramiz va real vaqt rejimida birga muzokaralar olib boramiz”, — dedi “IMGR” bosh direktori Yekaterina Norkina.
Eksportni tezlashtirishga qaratilgan dasturda ishtirok etish uchun arizalarni joriy yilning 20-sentabrigacha havola orqali jo‘natish mumkin.
Dastur haqida batafsil bu yerda.
Avvalroq “Plug and Play Uzbekistan” startaplar uchun akseleratsiya dasturining 3-bosqichiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.