Yevropa Ittifoqi sudi Yevropa komissiyasining “Apple” kompaniyasidan Irlandiyada 13 mlrd yevro soliq undirish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.

Sud jarayoni 2016-yildan beri davom etmoqda. Komissiya da’volarining asosi shundaki, Irlandiya hukumati bilan tuzilgan soliq kelishuvlari “Apple” kompaniyasiga Yevropa daromadlarini, YI ma’lumotlariga ko‘ra, “faqat qog‘ozda mavjud bo‘lgan” “bosh ofis"ga bog‘lash va korporativ soliq stavkasini belgilanganidan ancha pastroq to‘lash imkonini berdi.

Yevropa Komissiyasi 13 mlrd zararni to‘lashni talab qildi, bu esa butun dunyo bo‘ylab ikki chorak davomida Mac sotishdan tushgan daromadga teng.

Yakuniy qaror qabul qilinmaguncha, ushbu summa hibsga olinib, depozit hisobvarag‘iga o‘tkazildi. 2020-yilda sud Yevropa Komissiyasining dalillarini yetarli emas deb topib, “Apple” tomonini oldi, endi qaror bekor qilindi.


Avvalroq Yevropa komissiyasi “Apple"ni 1,8 mlrd yevro jarimaga tortgani haqida xabar berilgandi.

Bunga “Spotify"ning “Apple” kompaniyasi “App Store” do‘konida uchinchi tomon musiqa ilovalari ishlab chiquvchilari uchun to‘lov belgilaganidan shikoyat qilgani sabab bo‘lgan.

Monopoliyaga qarshi tekshiruvga 2019-yilda Shvetsiyaning “Spotify” xizmati tomonidan “App Store” komissiyasi tufayli oylik obuna narxini oshirish zarurligi haqidagi shikoyat sabab bo‘lgan.

Kompaniya deyarli 10 yil davomida uchinchi tomon ilovalarini ishlab chiquvchilarga “App Store” do‘konidan tashqarida arzonroq musiqa obuna xizmatlari haqida foydalanuvchilarga ma’lumot berishga ruxsat bermadi, deyiladi xabarda.

Yevropa komissiyasi buni Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi qonunchiligining buzilishi deb atadi.