Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze 10-sentabr kuni bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishini aytdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish uchun eng kam yosh 14 yoshdan 16 yoshgacha belgilanishi mumkin.
Bosh vazir bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklovchi federal qonunlar yil oxirigacha kuchga kirishini qayd etdi.
Avstraliya bosh vaziri bu platformalarning yoshlarga ta’sirini balo deb atadi.
Kelgusi oylarda yoshni tekshirish sinovlari bo‘lib o‘tadi, ammo tahlilchilar yosh chegarasini joriy etishning texnik imkoniyatiga shubha qilishadi.
Ammo Entoni Albanezening juda aniq maqsadi bor: u bolalarning gadjetlardan voz kechishlarini va sport bilan shug‘ullanishlarini xohlaydi.
Ushbu tashabbusning maqsadi, shuningdek, yosh avstraliyaliklarga haqiqiy odamlar bilan haqiqiy tajriba berishdir.
U ijtimoiy tarmoqlarni falokat deb atadi, buning natijasida bolalar keyinchalik ruhiy muammolarga duch kelishadi.
Avstraliyaning konservativ muxolifat yetakchisi Piter Datton yosh chegarasini joriy etishni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Avvalroq “Spot” “Google” rossiyaliklarga yangi akkauntlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlagani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, agar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish paytida rus telefon raqamini kiritsa, uni tekshirish uchun ishlatish mumkin emasligi haqida xabar paydo bo‘lmoqda.