“Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan “Telegram-bot” ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur bot orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobini yuritish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Xususan, bot orqali to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiyasi iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish mumkin.
Botdan foydalanish uchun @HETK_bot manzilini kiritish kerak. Hisobni tekshirish uchun kerakli hudud tanlanadi, undan keyin esa abonent hisob raqami kiritiladi.
Joriy yilning 1-avgustidan elektr energiyasini hisoblashning yangi billing tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilgandi. Tizim belgilangan kundan yetti kun o‘tib ishga tushirildi.
Biroq, yangi tizimda uzilishlar kuzatilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” balans ma’lumotlaridagi xatoliklar texnik ishlar olib borilayotgani bilan bog‘liq ekanligini bildirdi.
Undan keyin “Hududiy elektr tarmoqlari” “HET Billing” tizimining mobil ilovasini ishga tushirdi. Unda to‘lovlar, kunlik elektr energiyasi iste’moli hamda boshqa ma’lumotlar keltirilgan.