9-sentabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Bektemir tumani — “Zabardast” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00dan 18:00gacha;
- Uchtepa tumani — “Zarafshon” MFYning ayrim hududlarida soat 09:30dan 17:00gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Energetika vazirligi iyul oyida ijtimoiy norma doirasidagi iste’molchilar soni 69%ga kamayganini qayd etdi. O‘suvchi koeffitsentlar qo‘llanilishi natijasida o‘tgan oyda bazaviy normagacha energiya iste’moli 72,65 mln kVt/soatga, iste’molchilar soni esa 8%ga oshgan. Qolgan toifalarda pasayish kuzatildi.
Shu bilan birga, iyulda O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi. 26-iyul kuni yozgi maksimal sutkalik elektr iste’moli 253,3 mln kVt/soatni tashkil etdi.
Joriy yilda aholi uchun 182 MVt, tadbirkorlik uchun 791 MVt muqobil energiya manbalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Prezident ayrim sohalarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mutasaddilarni qattiq ogohlantirgandi.
Avvalroq jismoniy shaxslardan elektr va gaz uchun qarzlarni undirish tartibi belgilangandi. Majburiy to‘lovlarni undirish uchun ariza topshirishda qarzdorning tarmoqlardan uzilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak.