Rossiya va O‘zbekiston mamlakatda ko‘mir qazib olish va ishlab chiqarish bo‘yicha yangi qo‘shma loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Kommersant” nashri energetika vaziri Sergey Sivilyevga tayanib.

“Tog‘-kon sanoati, ko‘mirni qayta ishlash va ko‘mir asosidagi elektr energiyasi ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi. Biz birgalikda bularning barchasini tezda hal qilishga kelishib oldik”, — dedi Sivilyev Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning Toshkentdagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha.

Jurnalistlarning yangi ko‘mir loyihasiga kim sarmoya kiritishi haqidagi savoliga Sergey Sivilyev biz hali ham ushbu loyihaga kiritiladigan “Inter RAO"ni ko‘rib chiqyapmiz deb javob bedi.

“Biz hali rivojlanish bosqichidamiz, lekin eng muhimi, biz tez orada bu ishni tezda hal qilish uchun memorandum imzolashga tayyormiz”, deya qo‘shimcha qildi u.

Qayd etilishicha, Rossiya kompaniyasining loyihadagi mumkin bo‘lgan ulushi hali kelishib olinmagan.

“Inter RAO” — Rossiyadagi, shuningdek, Yevropa va MDHdagi aktivlarni boshqaradigan Rossiya energetika kompaniyasi hisoblanadi. 2023 yil oxirida kompaniyaning sof foydasi 135 mlrd rublgacha oshdi. “Inter RAO"ning o‘tgan yilgi daromadi 1,35 trln rublga yetdi.


Avvalroq “Spot” yil oxirigacha O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish 8 mln tonnaga oshirilishi haqida yozgandi.

Dastlabki olti oyda mamlakatda 3 mln tonnaga yaqin ko‘mir qazib olindi. Ikkinchi yarim yillikda yana 5 mln tonnadan ziyod ko‘mir qazib chiqarish rejalashtirilgan.