O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 715,07 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 28 so‘m 36 tiyinga oshdi.
Bungacha dollar kursi 10-sentabr, 5-sentabr va 4-sentabr kunlari oshgandi.
O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.
Avvalroq “Spot” dollarning rasmiy kursi avgust oyida qanday o‘zgargani haqida yozgandi. Unga ko‘ra, o‘zbek so‘mi yoz davomida birinchi marta dollarga nisbatan arzonlashdi. O‘tgan oylarda milliy valyuta 80,9 so‘m yo‘qotdi.