Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston elektromobillar importini 42 foizga oshirdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.
Yetti oylik yakunlariga ko‘ra, mamlakatga 10 542ta elektromobil keltirildi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan import qilingan elektromobillar soni 42,6%ga oshgan.
Shu bilan birga, elektromobil importi qiymati 28,8%ga tushib, $156 mlnni tashkil etdi.
Xitoy elektromobillar yetkazib berish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi, bu esa O‘zbekiston bozoridagi ulushini sezilarli darajada oshirdi — yillik hisobda 93%dan 99,9%gacha.
Mazkur davrda Xitoydan O‘zbekistonga 10 477ta elektromobil import qilingan.
Bundan tashqari, import Gonkong, Germaniya va BAAdan amalga oshirildi, ulardan olib kelingan elektromobillar jami 35tani tashkil qiladi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda “BYD Seagull” sotuvi boshlangani haqida yozgandi.
To‘liq quvvatda 405 km masofani bosib o‘tuvchi xetchbek narxi 208,3 mln so‘mni tashkil etib, bu Xitoy va norasmiy dilerlardan sezilarli darajada yuqori.