Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish shtabi tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Tadbir davomida aniqlanishicha, Namangan shahrining “Zarbdor” mahallasida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor o‘z savdo do‘konidagi elektr qurilmalarini hisoblash uskunasidan tashqari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan.

Buning natijasida 426,3 mln so‘mlik 157,9 ming kVt soat elektr energiyasidan tijorat maqsadida foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a"-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.


Avvalroq “Spot” Namanganda qariyb 609 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Chust tumanida fermer xo‘jaligi suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab olgani aniqlandi.