400 nafarga yaqin davlat xizmatchisining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Agentlik tomonidan vazirlik va idoralar hamda davlat muassasalari, shuningdek, tashkilotlar xodimlari ustidan bu kabi holatlar yuzasidan masofaviy o‘rganishlar o‘tkazildi.
Natijada, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari va ularning tizim tashkilotlaridagi 398 nafar boshqaruv xodimining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi. Ular jami 449ta kompaniyaga ta’sischilik qilgan.
Eng ko‘p qonunbuzilishi Qishloq xo‘jaligi vazirligida aniqlangan bo‘lib, vazirlikning jami 279 nafar boshqaruv xodimi 302ta tadbirkorlik subyektida ulushdor bo‘lgan.
Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 93 nafar xodimi 112ta, Suv xo‘jaligi vazirligining 26 nafar xodimi 35ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.
Aksilkorrupsiya agentligi bu holatni bartaraf etish bo‘yicha uchta vazirlikka taqdimnomalar kiritdi. Qayd etilishicha, vazirliklar tomonidan kompaniyalarga ta’sischilik qilayotgan xodimlarga ogohlantirish xatlari berilib, qonunbuzilishi holatlarig.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunining 4-moddasi bilan davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi man etilgan boshqalarning tadbirkorlik subyekti bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.
Bundan tashqari, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonunning 13-moddasida davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, faoliyatini tashkil etishga, ishtirokchisi bo‘lishga davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar o‘rnatilgan. Shu bilan birga, tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarish mumkin emas.
Joriy yilning iyun oyida qabul qilingan“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonunda davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi, uning yaqin qarindoshlari yuridik shaxs ulushlariga egalik qilsa, aloqador shaxslar deb e’tirof etiladi.