Rossiyaning Urals nefti jahon kotirovkalari pasayishi ortidan arzonlashdi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, G‘arb davlatlari dengiz yetkazib berish uchun o‘rnatgan barrel uchun $60lik narx chegarasiga yaqinlashdi.

Juma kuni Boltiqbo‘yi portlarida bir barrel neft o‘rtacha $60,12ga sotildi, deya xabar beradi Argus Media.

“Bloomberg"ning ta’kidlashicha, 8-sentabrda yakunlangan to‘rt hafta davomida o‘rtacha daromad haftasiga $1,51 mlrdgacha pasaygan.

Bu 2024-yil fevralidan beri minimal ko‘rsatkich. To‘rt haftalik o‘rtacha ta’minot kuniga 3,13 mln barrelga tushib, 30 ming barrelga qisqardi.

Rossiyadan dengiz orqali har kuni xom neft yetkazib berish (o‘zgaruvchan ko‘rsatkich), aksincha, taxminan 40 ming barrelga oshib, 3,14 mlnga yetdi.

Sakkiz oy natijalariga ko‘ra, Rossiyaning o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 56%ga o‘sdi — 7,6 trln rublgacha, bu Moliya vazirligining 6-sentabr kuni e’lon qilingan ma’lumotlaridan kelib chiqadi.

Federal budjet yalpi ichki mahsulotning 0,2%i yoki 331 mlrd rubl taqchilligi bilan yopilgan.


Avvalroq “Spot” birinchi chorakda Qozog‘iston O‘zbekistonga 75 ming tonna Rossiya neftini yetkazib bergani haqida yozgandi.

Joriy yilda Rossiya neftining O‘zbekistonga tranzitini Qozog‘iston magistral neft quvurlari orqali 550 ming tonnagacha yetkazish rejalashtirilgan.