“Samsung Electronics” xorijdagi xodimlarining 30%ini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qisqartirishlar butun dunyo bo‘ylab xorijiy bo‘linmalarga ta’sir qiladi.

Kompaniya savdo va marketing bo‘yicha xodimlarini 15%ga qisqartirishni, shuningdek, ma’muriy xodimlar sonini 30%ga qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, qisqartirish shu yil oxirigacha amalga oshiriladi va Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrikadagi ish o‘rinlariga ta’sir qiladi.

“Samsung"ning barqarorlik haqidagi so‘nggi hisobotiga ko‘ra, 2023-yil oxiriga kelib kompaniya jami 267 800 kishini ish bilan ta’minlagan va yarmidan ko‘pi yoki 147 000 nafar xodim xorijda ishlaydi.

Hisobotda aytilishicha, ushbu ish o‘rinlarining aksariyati ishlab chiqarishda bo‘lgan va savdo hamda marketing ishchi kuchi taxminan 25 100 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 27 800 kishi boshqa sohalarda ishlagan.

Taxminan uch hafta oldin ish joylarini qisqartirish bo‘yicha “global mandat” chiqarilgan va “Samsung"ning Hindistondagi bo‘limi allaqachon ba’zi o‘rta darajadagi xodimlarga ishdan bo‘shatish paketlarini taklif qilgan.

Hindiston bo‘linmasini tark etishga majbur bo‘lgan xodimlarning umumiy soni 1000ga yetishi mumkin. “Samsung” kompaniyasi Hindistonda 25 mingga yaqin odamni ish bilan ta’minlaydi.


Avvalroq “Spot” “General Motors” Xitoydagi xodimlarini ishdan bo‘shatishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, kompaniyaning xodimlarini ishdan bo‘shatishiga sotuv tushib ketgani va Xitoydagi o‘z strategiyasini o‘zgartirishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.