O‘zbekistonda chakana savdo so‘nggi yillarda tez suratda rivojlanib, bozorga ko‘plab taniqli brendlar kirib kelmoqda. Biroq, aholining katta qismi xaridlarini xorij internet-do‘konlaridan amalga oshirishni afzal ko‘rishadi. Shunday qilib, mamlakatda mavjud bo‘lmagan tovar va brendlar shaharga kirish huquqiga ega bo‘ladi, bu orqali ular mablag‘larini ham tejab qolishadi — yetkazib berish narxini hisobga olgan holda ham ancha arzonga tushishadi. Ba’zi hollarda tovarlarni xorijiy saytlarning o‘zidan sotib olish xaridorga foyda keltiradi.

Xaridlarni kuryerlik xizmatlari yordamida O‘zbekistonga yetkazib berish mumkin. Kompaniyalarning katta qismi AQSh, Turkiya va Xitoydan tovarlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi, hozirda, Rossiya, Koreya, Malayziya va Yevropa mamlakatlaridan mahsulotlarni yetkazib berish xizmatlari ham rivojlanib bormoqda.

Bir chorakda O‘zbekistonga kuryerlik xizmatlari orqali shaxsiy foydalanish uchun kerak bo‘ladigan qiymati $1000lik tovarlarni bojsiz (xalqaro pochta jo‘natmalari orqali — qiymati $100 bo‘lgan mahsulotlarni) olib kirish mumkin.

Spot chet eldan xaridlarni amalga oshirishga yordam beradigan to‘qqizta yetkazib berish xizmatining shartlari va tariflari haqida kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni to‘pladi.


Boxette

delivery, internet, online

Foto: Boxette

Nimalarni yetkazib beradi: onlayn-do‘kondan xarid qilingan tovarlarni

Qayerdan: AQSh va Turkiya

1kg yukni yetkazib berish narxi: AQShdan $9, Turkiyadan $6,95

Qaytarib olish xizmati mavjudmi: ha

Boxette Uzbekistan — AQSh va Turkiyadan O‘zbekistonga tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xalqaro logistika kompaniyasi hisoblanadi. Bozorda o‘n yildan beri faoliyatini amalga oshirib keladi. Kompaniya onlayn-do‘konlarda chegirmalar haqida xabar beradi, xizmatlari uchun bonuslar taqdim qiladi.

Yetkazib berish muddati 4−9 kun. Mobil telefonlarni yetkazib berish narxi — sof og‘irligi bo‘yicha dona uchun $7dan. Kompaniyada tovar yetkazib berish uchun maksimal og‘irlik mavjud emas, minimal tovar og‘irligi esa 300 grammni tashkil qiladi. Toshkentga yetkazib berish — $2, O‘zbekiston bo‘ylab — $5. Invoysni chiqarish va qayta qadoqlash xizmatlari bepul.

Nimalar uchun qo‘shimcha to‘lov amalga oshiriladi:

  • tovarni ro‘yxatdan o‘tkazish — $1,5;
  • tovarni ajratish — $2,9/joy;
  • kafillik berish — 2,99%dan boshlab;
  • tovarni AQSh bo‘ylab qaytarish — $5/joy;
  • tovarni tekshirish — $10;
  • to‘lov — 12%dan boshlandi.

Globbing Uzbekistan

delivery, internet, online

Foto: Globbing Uzbekistan

Nimalarni yetkazib beradi: istalgan do‘kondan xarid qilingan tovarlarni

Qayerdan: AQSh va Xitoy

1kg yukni yetkazib berish narxi: $10

Qaytarib olish xizmati mavjudmi: ha

Globbing Uzbekistan — AQSh va Xitoyda o‘z omborlarga ega.

AQShdan xarid qilingan mahsulotlar besh, o‘n va Xitoydan yetti, o‘n ikki ish kunida yetkazib beriladi. Toshkentga yetkazib berish narxi $2, O‘zbekiston bo‘ylab $5ga tushadi. Kompaniya “mening o‘rnimga sotib oling” xizmatini taqdim etadi, narxi — mahsulot qiymatining 5%ini, minimal $5ni tashkil qiladi. Maxsus do‘konlardan bo‘lsa (ular kompaniyaning ombor manziliga yetkazib berilmaydi), kerakli mahsulot uchun qo‘shimcha 5% to‘lov olinadi.

Globbing qo‘shimcha quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

  • jo‘natmalarni konsolidatsiya qilish — $20;
  • posilkaning tashqi fotosurati — $2, ichkaridan — $5;
  • qo‘shimcha qadoqlash — $5;
  • tovar omborxonada qolib ketgan taqdirda kuniga $3dan hisoblanadi.

Kompaniyaning turli nuqtalarda xizmat markazlari mavjud.

Xarid qilgan tovarlar haqidagi ma’lumotlarni Globbing veb-saytidagi shaxsiy sahifa orqali kuzatib borish mumkin.


Greenpost

delivery, internet, online

Foto: robota.ua

Nimalarni yetkazib beradi: internet-magazin va bozordan xarid qilingan tovarlarni

Qayerdan: Xitoy

1kg yukni yetkazib berish narxi: $5,5dan boshlanadi

Qaytarib olish xizmati mavjudmi: ha

Kompaniya tovarlarini oddiy va “sezgir"ga ajratadi. Birinchi turga tarkibida suyuqlik mavjud bo‘lmagan tovarlar, “sezgir” turiga esa maxsus qadoqlash va tashish sharoitlarini talab qiladiganlari kiradi, chunki ular yonishi, oqishi va boshqa yuklarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday tovarlarni xarid qilayotganda Green Post shaxsiy sahifasida mahsulot “batareyalar, suyuqliklar yoki kukunlarni o‘z ichiga oladi”, degan katakchani belgilash kerak. Aks holda, tovar aeroportda noaniq muddatga ushlab turilishi, qaytarib berilmasligi yoki pulni qoplash imkoniyatisiz musodara qilinishi mumkin.

Bitta jo‘natma uchun posilkaning og‘irligi 30 kgdan, tovarlarning umumiy va tashish qiymati esa bir chorakda $1000dan, shuningdek, tovarlar soni bojsiz import stavkasidan oshmasligi kerak.

Yetkazib berish xizmati ikkita usulga ega: avia va avtomobil. Havo orqali yetkazib berish 1 kg uchun $9 −15ni tashkil qiladi, narx mahsulot turi va yetkazib berishning muddatiga qarab o‘zgaradi. Avtomobil orqali 1 kg uchun $5,5, yetkazib berish muddati 20−30 kun. Og‘irligi 1 kggacha bo‘lgan mahsulotlar uchun yetkazib berish narxi $6,5 dan $16gacha.
Qo‘shimcha xizmatlar:

  • konsolidatsiya — 1 kg uchun $0,2;
  • tovar tekshiruvi va fotohisobot — 1 dona tovar $1;
  • standart tekshiruv — 1 kg uchun $0,5;
  • tovarni qadoqlash — 1 kg uchun $0,4;
  • tovar uchun hujjatlarni rasmiylashtirish (shart) — 1 dona tovar $1.

Greenpost “sotib olishda yordam” xizmatini taklif etadi, narxi tovar umumiy miqdorining 10%iga teng. Kompaniyaning bonus dasturi ham mavjud — bir oy ichida yuborilgan posilkalarning og‘irligi qancha ko‘p bo‘lsa, tarif shuncha yuqori bo‘ladi. Misol uchun, agar 1−31-iyul kunlari yuborilgan posilkaning vazni 102 kg bo‘lsa, avgust oyida foydalanuvchiga Gold tarif rejasi taqdim etiladi.

Bonus dastur tariflari:

  • standart — oyiga 1 kg uchun $10;
  • shopper — oyiga 25 kg — 1 kg uchun $9,8;
  • gold — oyiga 75 kg — 1 kg uchun $9,5;
  • platinum — oyiga 150 kg — 1 kg uchun $9.

Jana Post

delivery, internet, online

Foto: Jana Post

Nimalarni yetkazib beradi: internet-magazindan xarid qilingan tovarlar

Qayerdan: Xitoy va AQSh

1kg yukni yetkazib berish narxi: $5,5dan $9gacha

Qaytarib olish xizmati mavjudmi: yo‘q

Jana Post — bu Xitoy va AQShdan tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha kuryerlik xizmatlarini ko‘rsatadigan Qozog‘iston kompaniyasi. 2024-yildan boshlab O‘zbekistonda ham faoliyat ko‘rsata boshlagan.

Standart kuryerlik va pochta xizmatlaridan tashqari, kompaniya Xitoy bozorlari bilan ishlash bo‘yicha treninglar ham o‘tkazadi.

Xitoydan yetkazib berish avtomobil transportida 1 kg uchun $5,5, aviada esa $9,2dan boshlanadi. Toshkent bo‘ylab yetkazib berish narxi $2, O‘zbekiston bo‘ylab esa $5ni tashkil etadi.

“Jana Post” O‘zbekistonda ko‘plab tarqatish punktlariga ega bo‘lib, ulardan beshtasi Toshkentda joylashgan.

Jumladan, kompaniya “Pinduoduo”, “Temu”, “1688” va “Taobao” kabi yirik onlayn platformalarining rasmiy hamkori hisoblanadi.


Meest Shopping

delivery, internet, online

Foto: yandex.uz/maps

Nimalarni yetkazib beradi: internet-magazindan 30 kggacha xarid qilingan tovarlarni

Qayerdan: AQSh, Polsha, Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Chexiya, Angliya, Italiya, Portugaliya, Turkiya, Gretsiya, Ukraina

1kg yukni yetkazib berish narxi: Polshadan €6,4, Angliyadan £4,8, Gretsiyadan €8, AQShdan $9,5, Turkiyadan €4,8, Ukrainadan €10, Ispaniya, Portugaliya, Germaniya, Fransiya, Italiya va Chexiyadan €5,2.

Qaytarib olish xizmati mavjudmi: yo‘q

“Meest Shopping” Yevropa, Turkiya va AQShning onlayn-do‘konlaridan O‘zbekistonga xaridlarni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlarini taqdim etadi. Mijozlar ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tovarga buyurtma berish uchun xorijiy omborlarning ID-raqami va manzillarini olishadi. Kompaniya xarid qilish, yetkazib berishda mijozga yordam beradi, shuningdek, mashhur do‘konlarning chegirmalari va sotuvlari haqida ma’lumot beradi.

Qo‘shimcha xizmatlar narxi:

  • tovar fotosurati — $1dan;
  • qo‘shimcha qadoqlash — $2dan;
  • konsolidatsiya — $1dan;
  • tovarni ajratish — $2dan;

Bojxonada tovarning saqlash muddati qabul qilingan kundan boshlab bir oyni tashkil etadi va qabul qiluvchining iltimosiga binoan ikki oygacha uzaytirilishi mumkin. Har bir posilkani vaqtincha saqlash kuniga 1 kg uchun 460 so‘m.

Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan va narxi €45dan yuqori bo‘lgan posilkalarga bojxona to‘lovi to‘lanadi. Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan “Send in One Click” xizmati xaridni omborga kirgandan so‘ng darhol konsolidatsiya va qo‘shimcha xizmatlarsiz yuborish imkonini beradi.

Xizmatlar uchun to‘lov jo‘natma qiymati hisoblab chiqilgandan so‘ng shaxsiy sahifada amalga oshiriladi.


My Altex

delivery, internet, online

Foto: myaltex.com

Nimalarni yetkazib beradi: internet-magazin va bozordan xarid qilingan tovarlarni

Qayerdan: AQSh

1kg yukni yetkazib berish narxi: $10

Qaytarib olish xizmati mavjudmi: ha

“My Altex” — bu kiyim-kechak, poyabzal, elektronika, kosmetika va boshqa turli toifadagi mahsulotlar bilan ishlaydigan tovarlarni yetkazib berish xizmati.

Yetkazib berish muddati 4−5 kun. Tovarlar O‘zbekistonga kelganidan so‘ng xaridorga yetkazib berish 2−3 kun ichida amalga oshiriladi. Toshkent va Samarqandga yetkazib berish bepul, boshqa hududlarga esa $10dan $30gacha.

Yuborilgan posilkaning minimal og‘irligi 100 g, maksimal — 30 kg.

“My Altex"da Telegram-bot orqali to‘lov xizmati ham mavjud.

Agar mahsulot sotib olingan do‘konning manzil yorlig‘i bo‘lsa tovarni do‘konga qaytarish bepul. Agar yorliq mavjud bo‘lmasa unda xizmat alohida haq talab qiladi. Tovarni qaytarish miqdori jo‘natmaning og‘irligi, hajmi va manziliga bog‘liq.

Konsolidatsiya, mahsulot fotosuratlari kabi boshqa qo‘shimcha xizmatlar bepul.


Shippo

delivery, internet, online

Foto: Shippo

Nimalarni yetkazib beradi: internet-magazin va bozordan xarid qilingan tovarlarni

Qayerdan: Turkiya

1kg yukni yetkazib berish narxi: $7

Qaytarib olish xizmati mavjudmi: ha

“Shippo” Turkiyadagi omborga tovarlar kelgan kundan boshlab mahsulotni 5−9 kun ichida yetkazib beradi. Toshkentga kelgandan so‘ng, tovarlarni ofisdan olish yoki uyga yetkazib berish kabi xizmatlari mavjud. 3 kg gacha bo‘lgan tovarlarni uyga yetkazib berish bepul, 3 kgdan yuqori bo‘lgan tovarlarni yetkazib berish 20 ming so‘m.

“Shippo” bonus dasturiga ega bo‘lib, unda jamg‘arib borilgan ballar bilan kompaniya xizmatlarini to‘lash mumkin.

Shuningdek, veb-saytida Turkiyaning internet-do‘konlaridan mustaqil xaridlarni amalga oshirishni o‘rgatadigan bepul kurs mavjud. Shu bilan bir qatorda, “men uchun to‘lov” xizmati mavjud.


Turon Express

delivery, internet, online

Foto: yandex.uz/maps

Nimalarni yetkazib beradi: eng kam og‘irligi 100 gramm bo‘lgan mashhur marketpleys va do‘konlar mahsulotlarini

Qayerdan: AQSh

1kg yukni yetkazib berish narxi: 3 kggacha — $10, 3 kgdan yuqori — $9

Qaytarib olish xizmati mavjudmi: ha

Turon Express — 2017-yildan beri AQShdan O‘zbekistonga posilkalarni yetkazib beradi. Kompaniya buyurtmani rasmiylashtirish uchun AQShdagi shaxsiy manzilni taqdim etadi, shuningdek, xaridorlar uchun sotib olishda yordam xizmatlarini taklif qiladi.

Kompaniyaning ofislari Toshkent va Nyu-Yorkda joylashgan. Tovarlar omborga kelganidan so‘ng yetkazib berish 3 −10 kun davom etadi. Og‘irligi 3kg dan kam bo‘lgan tovarlarni O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish $3 turadi.

Kompaniyada konsolidatsiya bepul, xodimlar turli do‘konlardan xaridlarni bir nuqataga yig‘ib jo‘natadi. Kiruvchi posilkalar omborda 30 kun bepul saqlanadi, keyin kuniga $1dan hisoblanadi.

Kompaniya, “sotib olishda yordam” xizmatini taklif qiladi — operatorlar tovarlarni sotib olishadi va omborga yetkazib berib uni nazorat qilishadi. Bunday yordam mahsulot narxining 10%ini tashkil qiladi.

Pullik qo‘shimcha xizmatlar mavjud:

  • fotosuratlar va tovarlarni tekshirish — $5;
  • do‘konga tovarlarni qaytarish — $2;
  • invoys va fotosuratlar bo‘yicha tovarlarni tayyorlash — $2;
  • kiruvchi posilka va fotosuratni ajratish — $1;
  • qayta qadoqlash — $2;
  • noma’lum kiruvchi posilkani ro‘yxatdan o‘tkazish — $4.

“Turon Express” tovarlarning yo‘qolishi va shikastlanishidan to‘liq narxiga sug‘urta qiladi. Konsolidatsiya narxiga $100gacha bo‘lgan sug‘urta kiradi. Belgilangan qiymatning 10%ini tashkil etadigan to‘liq sug‘urtani olish uchun xizmatdan foydalanayotganda sahifada “posilka fotosurati”, undan so‘ng yuborish paytida “tovar sug‘urtasi” xizmatini belgilashingiz kerak bo‘ladi.

Tovarning yo‘qolishi yoki shikastlanish to‘g‘risidagi arizalar “Turon Express"ning qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali qabul qilinadi. Ariza kiritish uchun tasdiqlovchi fotosurat yoki video materiallar kerak bo‘ladi. Agar arizaning tasdiqlansa, sug‘urta summasi foydalanuvchi hisobiga o‘tkazib beriladi va shikastlangan tovar kompaniya hisobiga o‘tkaziladi.


Yumecs

delivery, internet, online

Foto: Yumecs

Nimalarni yetkazib beradi: 30kggacha bo‘lgan tovar, hujjatlarni

Qayerdan: AQSh, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Koreya va Malayziya

1kg yukni yetkazib berish narxi: AQShdan $10 −12, Rossiyadan $6 − 25, Turkiyadan $5,5 − 7, Xitoydan $8,5, Koreyadan $11, Malayziyadan $10

Qaytarib olish xizmati mavjudmi: ha

Yumecs — O‘zbekistonga yetkazib berish xizmati bo‘lib, Rossiya, Turkiya, AQSh, Koreya, Malayziya va Xitoydan posilka va internet buyurtmalarini yetkazish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.

Kompaniya qoidalar bilan taqiqlanmagan deyarli barcha mahsulotlarni yetkazib beradi. Havo qatnovi uchun cheklovlar mavjud: posilka uzunligi 3 m.dan oshmasligi, uch tomonning o‘lchamlari 150 sm bo‘lishi kerak, posilkani bojsiz olib kirish og‘irligi 30 kggacha.

Qo‘shimcha xizmatlarga: dori-darmon $3, atir $9,99, ekspress rasmiylashtirish $10, $20ga akkumulyatorli va simsiz ishlaydigan tovarlarni yetkazib berish kiradi.

Shuningdek:

  • onlayn do‘kondan sotib olish — 3%dan 10%gacha. Xitoydan $100gacha bo‘lgan mahsulot uchun $5;
  • offlayn do‘konda xarid qilish — $50+buyurtma narxining 10%i;
  • tovardan tashqari posilka foto-hisoboti — $1;
  • tovarlarni tekshirish — $5;
  • posilkani 14 kundan ortiq saqlash — kuniga $1;
  • oddiy tovarlarni $1000gacha sug‘urtalash — tarif narxiga kiritilgan;
  • oddiy tovarlarni sug‘urtalash $1000dan qimmatroq — buyurtma qiymatining 5%;
  • nozik va buziladigan tovarlarni sug‘urtalash — $1000-$50, buyurtma qiymatining 5%dan ortig‘i;
  • 3 donadan ortiq bir xil tovarlar — 1kg uchun $12dan tijorat tarifida hisoblanadi.

“Yumecs” uchta yetkazib berish usuliga ega — havo, avtomobil va dengiz. Yetkazib berish muddati 72 soatdan 14 kungacha, o‘rtacha 5−7 ish kuni.

Toshkent orqali yetkazib berish tovarlar omborga kelgan kunni hisobga olmaganda 1−3 kun ichida amalga oshiriladi. Agar posilkaning og‘irligi 30 kgdan oshsa, mijozlar tovarni kompaniya ofisidan mustaqil ravishda olishlari kerak.

30 kggacha bo‘lgan posilkalarni hududlar bo‘yicha yetkazib berish narxi 55 ming so‘mni tashkil etadi. Kuryer qabul qiluvchiga oldindan murojaat qiladi — agar bog‘lanishning iloji bo‘lmasa, yetkazib berish 1−2 kunga qoldiriladi.