Joriy yilda 764 723 ta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.
Aholi bandligiga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash borasida o‘tkazilgan o‘rganishlarda 764 723ta yangi ish o‘rinlari hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlandi. Natijada, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, 327 nafar ishchi-xizmatchilarning kechiktirilgan 2,3 mlrd so‘m ish haqlari undirib berildi. Talon-toroj qilingan 4,2 mlrd so‘m ish haqi va nafaqa pullari yuzasidan 52ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prokurorlar sektorlaridagi “Temir daftar"ga kiritilgan 5 mingdan ziyod oilalarga ko‘mak berilib, 181 nafarining uy-joyi ta’mirlandi, 57 nafariga yangi uy-joylar qurib berildi. 2 ming nafardan ortiq ehtiyojmand oilaning ishsiz a’zolari bandligi ta’minlandi.
Bundan tashqari, 3 158 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi, 6 277 nafariga ijaraga yer ajratildi, 1 526 nafari tadbirkorlikka jalb etildi. Shuningdekm 5 036 nafariga o‘zini o‘zi band qilishida, 4 062 nafarining kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganish kurslarida o‘qitilishida, 9 988 nafariga kontrakt pulini to‘lashda ko‘maklashildi.
Joriy yilning 1-sentabridan pensiya va nafaqa miqdorlari 15%ga oshirildi. 1-oktabrdan budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, bog‘cha, maktab, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 15%ga oshiriladi.