“Firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin” kursi birinchi kurs kabi 8 ta moduldan iborat. Ularning har birida onlayn va oflayn firibgarlikning turli ssenariylari batafsil tahlil qilingan. Modullardagi barcha amaliy masalalar Mastercard ekspertlarining izohlariga ega. Kurs yakunida foydalanuvchilar o‘z bilimlarini tekshirish va mustahkamlash uchun testdan o‘tishlari mumkin.
“Dunyo tobora raqamli bo‘lib bormoqda, bizning pullarimiz ham. O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga binoan, 2024-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, 51 mln plastik kartalar muomalada bo‘lib turibdi. Bunday dinamik muhitda moliyaviy savodxonlik shunchaki ko‘nikma emas, balki zaruratdir, chunki firibgarlik ekrandagi raqamlar emas, balki o‘z jamg‘armalarini yo‘qotgan haqiqiy odamlar bilan bog‘liq haqiqiy voqealardir.
„Firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin“ kursi nafaqat onlayn, balki telefon firibgarligi kabi oflayn tahdidlarni ham qamrab oladi. U jinoiy sxemalarni aniqlash va o‘z pullaringizni himoya qilishni o‘rganishga yordam beradigan oddiy tushuntirishlarga asoslangan", — dedi Mastercard kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Denis Filippov.
“Hozirda, ko‘plab o‘zbekistonliklar turli xil mahsulotlarni onlayn xarid qilayotgan bir paytda, tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda bank kartalaridan xavfsiz foydalanish masalasi ayniqsa dolzarb bo‘lib turibdi. Kursda biz nazariya va amaliy ssenariylar o‘rtasidagi muvozanatga rioya qilamiz, nafaqat skamming va fishing, balki oflayn rejimda bank kartalaridan xavfsiz foydalanish haqida ham gapiramiz”, — dedi Uzum Media rahbari Valeriya Bulicheva.
Bank kartalaridan foydalanish bo‘yicha bepul onlayn kursi bilan Uzum Media platformasida quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.