Belarusda “YouTube” analogi — “Videobel.by” ishga tushirildi. Bu haqda mahalliy “Belta.by” va “Tochka.by” nashrlari xabar berdi.
Hozirda faqat davlat ommaviy axborot vositalaridan olingan kontent mavjud. Oddiy foydalanuvchilarga o‘z videolarini yuklash uchun ruxsat berilishi aniq emas.
Formatlar: standart gorizontal videolar va qisqa videolar, qisqa vertikal videolar. Ko‘rishlar soni bo‘yicha ochiq statistika hali mavjud emas.
Tarkibga “Belarus 1”, “ONT”, “BelTA”, “STV”, “RTR-Belarus”, “SB” va “Mir” materiallari kiradi.
Qayd etilishicha, kelajakda ular mintaqaviy ommaviy axborot vositalariga kirish imkoniyatini ochmoqchi.
Belarus prezidenti ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Vladimir Pertsovning ta’kidlashicha, yangi videoservis “juda zaif analog, ammo “Belarus YouTube"ni yaratish yo‘lidagi birinchi qadam”.
Shu bilan birga, “BelTA” bosh direktori Irina Akulovich “bu „YouTube“ yoki boshqa taniqli platformalarning to‘liq analogi emas”, balki “mamlakatda sodir bo‘layotgan barcha narsalarga qiziqqan odamlar uchun mo‘ljallangan Belarus media portali” ekanligini ta’kidladi.
Avvalroq “Spot” Rossiyada “YouTube"ning yangi analogi taqdim etilgani haqida yozgandi.
U “Platforma” deb nomlanib, “YouTube” interfeysini to‘liq takrorlaydi va mahalliy videolarni taklif qiladi.