Yangiyo‘l tumanida 141,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda fuqaro U.B. “Nihol” MFY hududidagi novvoyxonada umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib olgani aniqlandi.
Buning natijasida jami 141,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq “Spot” Namanganda 426 mln so‘mdan ortiq elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, yakka tartibdagi tadbirkor o‘z savdo do‘konidagi elektr qurilmalarini hisoblash uskunasidan tashqari tarmoqqa ulab olgani aniqlandi.