O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yangi rekord darajani qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 749,75 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 7 so‘m 99 tiyinga oshdi.
12-sentabr kuni dollar kursi yangi rekord darajani qayd etib, 12 741 so‘mni tashkil etgandi. Bungacha dollar kursi 11-sentabr, 10-sentabr, 5-sentabr va 4-sentabr kunlari oshgandi.
O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.
Avvalroq “Spot” dollarning rasmiy kursi avgust oyida qanday o‘zgargani haqida yozgandi. Unga ko‘ra, o‘zbek so‘mi yoz davomida birinchi marta dollarga nisbatan arzonlashdi. O‘tgan oylarda milliy valyuta 80,9 so‘m yo‘qotdi.