13-sentabr kuni oltin quyma va esdalik tangalar narxi yangi yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Bir gramm oltin tannarxi 1 mln 82 ming 400 so‘mga yetdi yoki o‘tgan kunga nisbatan 2,2%ga qimmatladi. Besh grammlik o‘lchagich 5 mln 412 ming so‘mdan taklif qilinmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 5 mln 412 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 10 mln 824 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 21 mln 648 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 54 mln 121 ming so‘mni tashkil qiladi.

Bu hafta narxlar ikkinchi marta rekordni yangiladi, avgust oyida esa bu besh marta sodir bo‘ldi. Yil boshidan buyon qimmatbaho metal 27,7%ga qimmatlashdi.

Oltinning global narxi ayni paytda troya unsiyasi uchun $2570ga yaqinlashdi.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda “Trading Economics"da oltin narxi $2566,8ni tashkil qildi.

markaziy bank, oltin quyma, rekord


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord ko‘rsatkichga — $39,15 mlrdga yetgani haqida yozgandi.

Avgust oyida xalqaro aktivlar qiymati $1,75 mlrdga yoki taxminan 4,7%ga oshgan. Hozir bu 2018-yildan statistik ma’lumotlar e’lon qilina boshlanganidan beri maksimal darajalardan biridir.