“IT Park” Lissabondagi “Web Summit"da ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladigan startaplarni saralab olish tanlovini e’lon qildi.
Xalqaro tadbir 11−14 noyabr kunlari Lissabonda bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar nafaqat xalqaro auditoriya oldida chiqish qilish, balki investorlar, hamkorlar va sohaning boshqa yetakchi vakillari bilan uchrashish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.
Tanlov quyidagi toifalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
- “Eng innovatsion startap” (ilg‘or texnologiyalar va yechimlardan foydalanish);
- “Eng istiqbolli startap” (yuqori o‘sish potensialiga ega loyihalar);
- “Eng tez rivojlanayotgan startap”;
- “Eng yaxshi sun’iy intellekt startapi”;
- “Fintexdagi eng yaxshi startap”;
- “Eng yaxshi elektron tijorat startapi”;
- “Ijtimoiy sohadagi eng yaxshi startap”;
- “Ekologik innovatsiyalar yetakchisi”.
Tanlov doirasida venchur fondlar va startap ekotizimlari vakillari ishtirokida panel muhokamasi o‘tkaziladi. Startaplar ham tarmoq imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun havola orqali ariza topshirish mumkin. Tanlov natijalari 18-sentabr kuni e’lon qilinadi.
Avvalroq “Spot” “IT Park” huzurida $10 mlnlik venchur jamg‘arma tashkil etilishi haqida yozgandi. Shu bilan birga, texnoparkda sun’iy intellekt markazi ochiladi. Bu yo‘nalishdagi loyihalarni moliyalashtirishga $50 mln ajratiladi.